Barqaror rivojlanish

Image
O‘rta Osiyoda neft va gaz xom ashyosidan mahsulot ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi jamiyat, tabiat va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini anglaydi. Barqaror rivojlanish sohasidagi faoliyat kompaniyaning bir qator ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
 
Barqaror rivojlanish jihatlarini boshqarish Farg‘ona NQIZ rahbariyati tomonidan doimiy nazorat ostida bo‘lib, korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilingan.
 
Farg‘ona NQIZ 2015-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan, jahon hamjamiyatining asosiy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarini hal etishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
 
Ishonchimiz komilki, Farg‘ona NQIZning atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash va xavfsiz hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatli biznes yuritishi hamda maqsadli faoliyati Barqaror rivojlanish sohasidagi global maqsadlarga erishishda qimmatli hissa bo‘lib qo‘shiladi.