Ona shahrim

Image

Farg‘ona: O‘zbekistondagi eng navqiron shaharlardan biri.

Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan Farg‘ona shahri O‘zbekistonning eng navqiron shaharlaridan biri hisoblanadi. U 1876 yilda Qo‘qon xonligi Rossiya imperiyasiga qo‘shilganidan keyin tashkil topgan. O‘sha paytlari Marg‘ilondan 12 kilometr uzoqlikda Yangi Marg‘ilon nomini olgan va Farg‘ona viloyatining markazi bo‘lgan shahar quriladi.

Katta maydonni egallagan harbiy halqa yangi shaharning bosh inshooti bo‘lgan. Undan yarim doira shaklida yangi ko‘chalar qurilgan. Shahar markazida katta bog‘ barpo etilgan. Shahardagi ilk mehmorchilik inshootlari Gubernator uyi (hozirgi kunda drama teatri binosi), Gubernator yordamchisining uyi, Harbiy majmua (Ofitserlar uyi) hisoblanadi. 1907 yilda shaharga Skobelev nomi beriladi, 1924 yildan boshlab shahar yana Farg‘ona deb qayta nomlanadi.

Shaharning sezilarli darajada o‘sishi faqat XX asrda, asosan Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng boshlandi. Hozirgi kunda Farg‘ona O‘zbekistonning muhim sanoatlashgan markazlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda shaharda ko‘plab zamonaviy inshootlar: qulay ko‘p qavatli mehmonxonalar, go‘zal tennis korti, yopiq shahar bozori, maydon, gullar va favvoralar bilan bezatilgan ulkan dam olish bog‘i qad rostladi. 1992 yilda birinchilardan bo‘lib, “Istiqlol darvozasi” deb nomlagan shahar darvozalarining qurilishi ramziy ma’noga ega. Ularning balandligi 14 metr, uzunligi 26 metrni tashkil etadi.

Farg‘onada qadimiy mehmorchilik va tarixiy yodgorliklar yo‘q, biroq shunga qaramay, shahar juda go‘zal va betakror qiyofaga ega. Chinor, terak, eman kabi ko‘p asrlik daraxtlar shaharning eng asosiy ko‘rki hisoblanadi. Ular Farg‘onani azaldan bog‘dorchilik shahriga aylantirgan.

Farg‘ona shahri atroflari ham nihoyatda go‘zalligi bilan mashhur. Bog‘lar va uzumzorlarga burkangan Oloy tizmasi etaklarida shifobaxsh mineral buloqlari bilan mashhur bo‘lgan Chimyon qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u yerda Markaziy Osiyodagi eng yirik kurort hisoblangan “Chimyon” balneologik sihatgohi ochilgan.

Farg‘onadan 55 kilometr uzoqlikda O‘zbekistonning go‘zal burchagi – Shohimardon joylashgan. Bu joy azaldan Marg‘ilon va Farg‘ona xalqining dam olish maskanidir.

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99894) 555-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2024

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus