Sizni Markaziy Osiyo mintaqasida yoqilgʼi - moylash materiallari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri boʼlgan "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ rasmiy saytida qutlaymiz. Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi oʼz mijozlariga zamonaviy bozorning tobora oʼsib borayotgan talablariga javob beradigan sifatli xizmatlar, mahsulotlar va yechimlar taklif etadi. Bizning doimiy hamkorlarimiz va biznesdagi yaxshi doʼstlarimiz orasida oʼzbek va jahon iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ishlaydigan kichik savdo tashkilotlari va yirik sanoat korxonalari mavjud.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 67-sonli qarori doirasida "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
15.11.2021 yil kuni soat 11:07da «FNQIZ» MChJning 2-tsexiga qarashli 21-10/600-sonli texnologik qurilmasini taʼmirdan soʼng ishga tushurish vaqtida, qurilmaning N-3 nasosidan chiqish quvuriga drinaj uchun ulangan quvur yorilishi natijasida maxsulot chiqishi tufayli qisqa muddatli yongʼin sodir boʼlgan.