Modernizatsiya

Image


Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi keng ko‘lamli modernizatsiya dasturini amalga oshirmoqda, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari assortimentini kengaytirish va ularning sifatiga e’tibor qaratishni ta’minlaydi. Modernizatsiya jarayoni zamonaviy texnologik va ekologik talablar asosida olib borilmoqda.

Modernizatsiyaning maqsadlari

Modernizatsiyaning asosiy maqsadi – mamlakat iste’molchilariga yuqori sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va korxonaning eksport salohiyatini kengaytirish. Dastur quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • neftni qayta ishlash chuqurligini 92%ga oshirish;
  • benzin, dizel yoqilg‘i, aviakerosin va motor moylari ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
  • suv va bug‘ sarfini optimallashtirish orqali energiya resurslarini tejash;
  • mavjud quvurlar va qurilmalarni rekonstruksiya qilish hamda yangi obyektlarni qurish;
  • xom ashyo, mahsulot va energiya resurslarini nazorat qilishni avtomatlashtirish;
  • ishlab chiqarishda ekologik holatni yaxshilash.
 
Image

Ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlar

Modernizatsiya doirasida yiliga 2 mln tonna neft qayta ishlanadi va quyidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi:

  • 560 ming tonna AI-92 EVRO-5 benzin;
  • 198 ming tonna aviakerosin (Jet A-1 va TS-1);
  • 538 ming tonna dizel yoqilg‘i EVRO-5;
  • 175 ming tonna motor va baza moylari;
  • 290 ming tonna bitum (qurilish va yo‘l qurilishi uchun);
  • 64 ming tonna suyuqlashtirilgan gaz;
  • 25 ming tonna boshqa turdagi neft mahsulotlari.

Yangi va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlar

Modernizatsiya doirasida quyidagi asosiy texnologik majmualar qurilmoqda va rekonstruksiya qilinmoqda:

  • gidrokreking qurilmasi;
  • yuqori tozalikka ega vodorod ishlab chiqarish qurilmasi;
  • KCA (qisqa siklli adsorbsiya) qurilmasi;
  • benzin ishlab chiqarish uchun izomerizatsiya qurilmasi;
  • suvni tozalash va bug‘ ishlab chiqarish obyektlari.

Shuningdek, mavjud ishlab chiqarish qurilmalari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy laboratoriyalar va operator binolari qurilmoqda.

Image

2022–2025 yillarda erishilgan natijalar

  • bug‘ ishlab chiqarish va suvni tozalash uchun zarur uskuna 100% yetkazib berildi;
  • 35 yangi rezervuardan 32 tasi qurib ishga tushirildi;
  • 99,9% tozalikka ega vodorod ishlab chiqarish qurilmasi ishga tushirildi;
  • motor moylari tayyorlash va qadoqlash liniyalari rekonstruksiya qilindi;
  • markaziy operator binosi va maishiy korpus qurildi;
  • neft va neft mahsulotlarini avtomatik tarzda o‘lchash tizimi joriy qilindi;
  • zavod hududi obodonlashtirildi va transport kommunikatsiyalari yangilandi;
  • quyosh panellari o‘rnatildi (1,3 MW);
  • yangi turdagi aviakerosin, dizel yoqilg‘i va motor moylari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

2026 yil rejasi

  • KSA qurilmasida qurilish-montaj ishlarini yakunlash va qurilmani ishga tushirish;
  • bug' ishlab chiqarish qozonxonasini to'liq ishga tushirish;
  • yangi fakel qurilmasini ishga tushirish;
  • yangi 35 dona sig'imlarni to'liq ishga tushirish, neft va neft maxsulotlari miqdorini o'lchashni avtomatlashtirish;
  • yangi markaziy operatorlar binosiga zamonaviy boshqaruv tizimini o'rnatish, markaziy laboratoriya binosi qurilishini yakunlash va zarur laboratoriya jixozlarini sotib olish;
  • 4 ta qurilmalarda rekonstruksiya ishlarini to'liq yakunlash, obyektlarni 2026-2027 (I-chorak) yillar bochqichma-bosqich ishga qo'yish;
  • 1 va 1a – sonli suv blokini qurilish-montaj ishlarini yakunlash va obyektni ishga qo'yish;
  • Gidrokreking qurilmasi jixozlarini yetkazib berish 70%ga, qurilish-montaj ishlarini 40%ga bajarish, obyektda to'liq qurilish-montaj ishlarini yakunlash 2027 yilning IV-choragiga rejalashtirilgan.
Image

Ekologik va texnologik takomillashtirishlar

Modernizatsiya davomida suv va ishlab chiqarish oqova suvlari tozalanadi, energiya sarfi optimallashtiriladi, ishlab chiqarish xavfsizligi va atrof-muhitga ta’sir kamaytiriladi.

Farg‘ona NQIZning modernizatsiyasi zamonaviy standartlarga mos, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi va mamlakat ichki bozorini ishonchli ta’minlaydi.