Korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ sarf o‘lchov vositalarini metrologik tekshiruvga tayyorlash (davriy qiyoslash tekshiruviga tayyorlash) bo‘yicha tashqi tashkilotlarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni taklif qiladi:
- Har xil turdagi massali va hajmli sarf o'lchagichlarni (koriolis, ul`tratovushli, kamerali va boshqalar) qiyoslash ishlariga tayyorlash va tashkil etish, jumladan:
- Emerson - Micromotion CMF, Elita,
- Endress + Hauser - ProMass,
- Krohne - Optimass, Optisonic,
- Yokogawa - Yewflo, Rotamass,
- Rheonik – RHM.
- Sovuq suv xisoblagichlari o‘lchov vositalarini metrologik tekshiruvga tayyorlash.
Ushbu o'lchov vositalarini dastlabki tekshirish va tekshirishga tayyorgarlik ishlari O'zbekiston Respublikasida yagona bo'lgan yuqori aniqlikdagi sertifikatlangan namunali « Pruver » qiyoslash qurilmasida amalga oshiriladi:
- 1 razryadli qiyoslash qurilmasining nisbiy xatoligi ± 0,03% , o'lchash chegarasi (0,8÷800) m³/h;
- 2 razryadli qiyoslash qurilmasining nisbiy xatoligi ± 0,1% , o'lchash chegarasi (48÷1000) m³/h;
- suv xisoblagichlarini tekshirish qurilmasi nisbiy xatoligi ± 0,5%, o'lchash chegarasi (0,03÷300) m³/h.
Qiyoslash qurilmalari turli diametrdagi sarf o'lchagichlarni Ø (25÷400) mm va sovuq suv xisoblagichlarni esa Ø (15÷150) mm gacha sinovdan o'tkazadi.
Xizmatlar “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” МЖЧning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan ko‘rsatiladi Qiyoslash ishlari “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi hududiy filiali vakillari tomonidan amalga oshiriladi (Qiyoslash tekshiruv qiymati “O‘zstandart” agentligining preyskuranti bilan belgilanadi).
Servis xizmatlari shartlari shartnoma asosida va servis xizmati narxi korxonada tasdiqlangan preyskurant asosida belgilanadi.
Metrologik tekshirishga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish narxlari ro'yxati:
Xizmat nomi
|
O’lchov birligi
|
QQSsiz ulgurji narx, so'm
|
QQS 12%, so'm
|
QQS bilan ulgurji narx, so'm
|
Har xil turdagi massali va hajmli sarf o'lchagichlarni qiyoslash ishlariga tayyorlash va tashkil etish
|
1 dona
|
4 454 000,00
|
534 480,00
|
4 988 480,00
|
Sovuq suv xisoblagichlari o‘lchov vositalarini metrologik tekshiruvga tayyorlash
|
1 dona
|
383 600,00
|
46 032,00
|
429 632,00
|

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:
(73) 229-47-60 bo`lim boshlig`i Almenov Ildar Nazimovich.
(73) 229-45-46 metrologiya xizmati Ismailova Gulchehra Sultanbaevna
email: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ maʼmuriyati