Ekologiya

Image

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ o‘z faoliyatini 10 yildan buyon ISO 14001 xalqaro ekologik menejment standartiga muvofiq yuritib kelmoqda.

Ekologik menejment tizimi

ISO 14001-2004 xalqaro standartlari talablariga mos bo‘lgan ekologik menejment tizimi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ da 2008 yildan beri amal qiladi va har yili mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirib boriladi. 2017 yilda “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ekologik menejment tizimining ISO 14001:2015 xalqaro standart talablariga muvofiqligini tasdiqladi.

Korxonada ekologik menejment tizimining joriy etilishi bilan potentsial ekologik xavflar baholanmoqda va ularning salbiy ta’sirining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

ISO 14001:2015 standarti talablariga muvofiq korxonada ekologik menejment tizimining natijadorligi bo‘yicha yillik maqsadli ko‘rsatgichlar va ISO 9001, ISO 45001, ISO 50001 singari ilgari joriy etilgan va amaldagi boshqa menejment tizimlari yo‘lga qo‘yildi.

Tabiat muhofazasi borasidagi faoliyat

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ning asosiy maqsadlaridan biri – korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishdir. Masalan, 2019 yilning kuz mavsumida 1 826 m3/soat quvvatli korxonaning sanoat oqova suvlarini tozalovchi yangi “Tozalash inshootlari” ishga tushirildi. Korxonada Chexiyaning «WABAG» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasida yagona bo‘lgan oqova suvlarni o‘ziga xos tozalash tizimi joriy etildi (qurildi va foydalanishga tushirildi).

Image

Chiqindilar

O‘zbekiston Respublikasida yiliga ikki marotaba O‘zR Ekologiya Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan “Toza havo” loyihasi tadbirlari o‘tkaziladi, avtomobillarga yoqilg‘i quyish va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarini navbatdan tashqari tekshirish ishlari amalga oshiriladi. O‘z navbatida, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ da 2019 yilning avgust oyidan noyabr oyiga qadar “Toza havo” loyihasi doirasida ishlab chiqqan (chiqindi) gazlarning RKCH (Ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasi)ga muvofiqligini o‘lchash va avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Bir oy davomida havo muhitini nazorat qilish laboratoriyasi avtotransport tsexi bilan hamkorlikda avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli aralashmalarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ishlar yakuni bo‘yicha hisobotlar tayyorlandi va amalga oshirilgan tadbirlarning natijadorligi aniqlandi.

Image

Ekologik xavfsizlik

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ da ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasini ta’minlovchi asosiy jarayonlar:

  • Qonunchilik talablarini identifikatsiya qilish;

  • Chiqindi manbalarini inventarizatsiya qilish va ekologik ta’sirini baholash;

  • Ekologik omillarni identifikatsiya qilish;

  • Ekologik xavfsizlikni ta’minlash dasturlari bilan ta’minlash;

  • Ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida xavflarni boshqarish;

  • Chiqindilar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarni boshqarish;

  • Biologik xilma-xillikni saqlab qolish;

  • Ekologik monitoring va ishlab chiqarishga oid ekologik nazorat;

  • Ekologik xavfsizlikni boshqarish tizimi auditi;

  • Avariya holatlarining oldini olish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tizimini boshqarish;

  • Ekologik xavfsizlik sohasida xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish;

  • Ekologik xavfsizlik sohasida statistik hisobdorlikni boshqarish;

  • Ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash;

  • Atrof-muhit holati (havo muhiti, oqova suvlar, yerosti suvlari va sanitar-himoya zonasi chegarasidagi tuproq holati, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini boshqarish faoliyati)ni monitoring qilish chora-tadbirlari;

  • Korxonaning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar rejasi;

  • Korxonaning atrof-muhitga salbiy ta’sirni bartaraf etish bo‘yicha maqsadli ekologik dasturlar;
Image

Atrof-muhit muhofazasi sohasidagi me’yoriy-uslubiy hujjatlar

Ishlab chiqarish bo‘yicha kunlik ekologik nazorat havo sifati va uning o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida havo muhiti laboratoriyasi tomonidan sanitar-himoya zonasi chegarasida va korxona perimetri bo‘yicha o‘tkaziladi. Atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi belgilangan me’yorlarga mos keladi. Korxonaning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida standartlari ishlab chiqilib, joriy etilgan, xodimlarni tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka amal qilmaslik uchun ekologik xavfsizlik va javobgarlik masalalari bo‘yicha o‘qitish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Korxonani modernizatsiyalash doirasida amalga oshirilgan ekologik loyihalar

2020 yildan boshlab havoni doimiy tahlil qilish va avtomatlashgan boshqaruv tizimiga uzatish maqsadida statsionar postlarni o‘rnatish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi.

2019 yilda korxonada O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi bo‘lmagan “Sanoat oqova suvlarini tozalash inshootlari” noyob tizimi foydalanishga to‘shirildi.Tozalash inshootlarining foydalanishga topshirilishi bilan oqova suvlar tarkibidagi zararli moddalar miqdori kamaydi. Shuningdek, shahar kanalizatsiya tizimiga tozalanganidan keyin tashlanadigan oqova suvlarning aylanma suv ta’minoti liniyasi ham montaj qilindi.

Atrof-muhitga zararli ta’sirning oldini olish va kamaytirish maqsadida bir necha yildan buyon ishlamaydigan quvurlarni demontaj qilish va texnologik quvurlarni tashqariga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.Chiqindilarni kelgusida utilizatsiya qilish orqali doimiy olib ketish ishlari bajarilmoqda.

 

Ekologik madaniyat

Korxonada har yili ekologik madaniyatni oshirish maqsadida faoliyati bevosita va bilvosita atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarni o‘qitish ishlari amalga oshiriladi. Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan muntazam ravishda seminar-treninglar o‘tkaziladi.

Image

Ekologik madaniyatni rivojlantirish

Boshqarma va ishlab chiqarish jarayonida ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda Professional bilimlar darajasini oshirish maqsadida korxonaning ekologik xavfsizlik ta’minlash va chiqindilardan foydalanish uchun javobgar bo‘lgan xodimlari va mutaxassislarini muntazam ravishda o‘qitish ishlari amalga oshiriladi.

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99894) 555-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2024

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus