Bitiruvchi va talabalarga

Image

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” viloyatdagi yetakchi o‘quv muassasalari bilan hamkorlik qiladi va iste’dodli yoshlar orasida texnik mutaxassisliklarga qiziqishni oshirgan holda tegishli talabalarni tajriba oshirishga qabul qiladi.

Xodimni tayyorlash sifati “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biridir. Yosh, g‘ayratli, malaka oshirishni maqsad qilgan mutaxassislarni jalb qilish ishlari.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” talabalarga korxonada o‘quv, ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotini o‘tash imkoniyatini taqdim etadi. U yerda ular o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish va neft sohasidagi ilk professional qadamlarini qo‘yishlari mumkin.

Korxonamizda yoshlar markazi faoliyat yuritadi, yoshlarga noan’anaviy, ijodiy qarorlar qabul qilish, jamoa bilan ishlashni o‘rganish hamda iste’dodli mutaxassislarni aniqlash imkonini beradigan tadbirlar o‘tkaziladi.

Xodimlarning professional o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zavod o‘zining zamonaviy o‘quv markaziga ega, bu esa, ishlab chiqarishdan uzilmagan holda eng yangi ta’lim dasturlari va texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi. Ishchilar va ularning professional o‘sishi haqida g‘amxo‘rlik qilish – o‘zaro munosabatlarimizning poydevoridir.