Tashkilot haqida

Image

"Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" Markaziy Osiyo mintaqasida yoqilg'i-moy homashyosini ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi eng yirik neftni qayta ishlash korxonasi, neft-yoqilg'i profilidagi zavod, avtomatlashtirishning yuqori darajasi bilan uzluksiz tsikl. 1959 yil 27 yanvarda foydalanishga topshirilgan, korxonaning yuridik manzili Farg'ona shahri, sanoat ko'chasi, 240.
Korxona hududining umumiy maydoni: 474,97 gektar.
Zavod 70 dan ortiq turdagi neft mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi tarkibida 20 dan oshiq asosiy va yordamchi tsexlar, "Oltiariq yoqilg'i ishlab chiqarish (OYICh)", POP va Angren shaharlaridagi neftni qayta ishlash zavodlari mavjud.

1 dan 4 gacha bo'lgan tsexlar neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta'minlaydigan asosiy texnologik tsexlardir.

Qolganlari yordamchi va qo`shimcha tsexlar bo`lib, asosiy ishlab chiqarishni energiya manbalari (bug', suv, havo, gaz, elektr energiyasi), neft mahsulotlari sifatini laboratoriya nazorati, asbob-uskunalar va nazorat-o'lchash asboblarini ta'mirlash va ishlatish, neft mahsulotlarini quyish va jo'natish bilan faoliyat olib boradi.

 
Image
Image

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining sifat, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energetika menejmenti sohasidagi siyosati

“Farg‘ona NQIZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati – uglevodorod xom-ashyosini qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik korxonalardan biri.

Korxonaning vazifasi – iste’molchilar talabini qondiradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish hamda davlat, jamiyat va boshqa manfaatdor tomonlar manfaatlari yo‘lida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun barqaror daromad olish.

Tashkilot maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sohasida yetakchi o‘rin egallaydigan samaradorligi yuqori bo‘lgan va raqobatbardosh kompaniyaga aylanish.

Bizning yutuqlar:

1) Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar:

yetkazib berilayotgan xom-ashyo va tovar-moddiy boyliklarning yuqori sifati, barqarorligi va energiya samaradorligini bir maromda ta’minlash maqsadida yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar.

uglevodorod xom-ashyosi manbalarini izlash va kengaytirish, jumladan tolling yetkazib berishlar hisobiga.

2) Butun e’tiborni iste’molchiga qaratish:

Iste’molchilarning muttasil oshib borayotgan talabini hisobga olgan holda neft mahsulotlari iste’mol bozorini assortiment va sifat bo‘yicha o‘rganish va tahlil qilish orqali, shuningdek texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga iste’molchi ehtiyojlarini doimiy ravishda qondirish.

Sotuvdan keyingi kafolatli muddatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’molchilar salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirish

3) Davlat va jamiyat farovonligi va rivojida faol ishtirok etish:

mahsulot sifatini, mehnat muhofazasi, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, energiya sarfidan unumli foydalanish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishda energiya tejamkorligi bo’yicha hukumat va nazorat organlarining qonunchilik hujjatlarini so‘zsiz bajarilishi;

davlat va tarmoq dasturlarining amalga oshirilishida faol ishtirok etish;

jamiyat taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida ko‘mak ko‘rsatish;

4) Xodimlar – asosiy aktivimiz:

xodimlarning malakasini muttasil oshirib borish va ularga motivatsiya berish;

qonunchilik, me’yoriy va boshqa talablarni bajarish uchun xodimlar mas’uliyatini oshirish.

5) Mehnat xavfsizligi va sharoitlari:

mehnat muhofazasi talablarini bajarish bo‘yicha nazoratni tashkil qilish va xodimlarni himoya vositalari bilan ta’minlash;

professional saralash va xodimlarni o‘qitish;

zavod infratuzilmasini yaxshilash;

kasallanish va tan jarohati olish darajasini kamaytirish.

6) Atrof-muhitni avaylash:

ma’naviy jihatdan eskirgan uskunalar, texnologik jarayonlar va qo‘llanilayotgan materiallarni yangilash orqali zavod faoliyatining ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish;

ekologik jihatdan xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish;

yoqilg‘i-energetika va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

7) Doimiy yaxshilash:

sifat menejmenti, integratsiya qilingan menejment tizimlari amal qilishi samaradorligini oshirish.

mahsulot sifati, ishlayotganlarning salomatligi holati, mehnat sharoitlari, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek nomuvofiqlarni o‘z vaqtida va natijador bartaraf etish maqsadida energetik xarakteristikalarni uzluksiz monitoring qilish.

 

Mazkur siyosatda qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun FQIZ rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

Mazkur siyosatning sifat, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi va energetik menejmentni ta’minlash borasidagi barcha deklaratsiya qilingan qoidalarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan, shuningdek salomatlikni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek energiya samaradorligi, energiyaning barcha turlaridan oqilona foydalanish va iste’mol qilishga doir qonunchilik, me’yoriy hamda boshqa me’yor va talablar bajarilishini ta’minlash.

Xalqaro standartlarning amaldagi tahrirlari talablari asosida sifat menejmenti tizimi, integratsiyalashgan menejment tizimi va energetik menejment tizimi natijadorligini doimiy ravishda oshirib borish;

Chiqindi va chiqitlar tizimi, normativlar, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari bilan munosabatda bo‘lish va energiya manbalaridan oqilona foydalanish qoidalariga rioya qilish ustidan ishlab chiqarish bilan bog‘liq ekologik nazorat tizimini takomillashtirish;

Ish joylaridagi sharoitlar yaxshilanishini ta’minlash, mehnat xavfsizligini oshirish, kasalliklar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarohatlar va avariyalarning oldini olish bo‘yicha samarali vosita va usullarni joriy etish;

Barcha manfaatdor tomonlar bilan sifat menejmenti, sog‘liqni saqlash, mehnat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya menejmenti masalalari bo‘yicha ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlash;

Ishlab chiqarish jarayonlari va zavod bo‘linmalarining energetik ko’rsatgichlarini doimiy yaxshilanishini ta’minlash;
SMK

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99894) 555-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2024

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus