Ijtimoiy javobgarlik va xayriya
“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi korxona xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini e’tirof etadi va himoya qiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun kasaba uyushmasi:
muloqot va ijtimoiy sheriklik tamoyillarini yo‘lga qo‘yish, jamoat shartnomasini tuzish bo‘yicha jamoaviy muzokaralarni tashkillashtirish, uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari bo‘yicha ijtimoiy-adolatli tizimni joriy etish va uni takomillashtirish;
- korxonada mehnat, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga oid qonun hujjatlariga rioya etish, me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarni xodimlarga taqdim etish;
- ish beruvchi bilan o‘z vakolatlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgan holda, kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat huquqlari va professional manfaatlarini himoya qilish;
- korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlari hamda atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etish, ishchilarni sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay ishlab chiqarish sharoiti bilan ta’minlash;
- kasaba uyushmasi ahzolarining salomatligini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish, ommaviy jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkillashtirish, sihatgohlarda dam olish, samarali va arzon davolanish bilan ta’minlash;
- mehnat jamoasida madaniy-mahrifiy, sport tadbirlari, ko‘rik tanlovlar tashkillashtirish va o‘tkazish.
“Islohotlar - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” bu faqat shior emas. Mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot negizida inson manfaatlari yotadi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, zavoddagi texnik qurilmalarni rekonstruktsiya qilish – bularning barchasi aholi turmush darajasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan.