Farg‘ona NQIZ o‘zining fotoelektr stansiyasini barpo etmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni energetika menejmentining ISO 50001 jahon standarti tizimiga muvofiq bajarish kompleks tashkil etish dasturi qabul qilindi.

Shunday qilib, umumiy qiymati 2,4 million AQSH dollari bo‘lgan loyihaning birinchi bosqichida ma’muriy-maishiy majmuaning bo‘sh maydonlari, mavjud va yangi binolarining tomlari ustida quvvati 1,6 MVt bo‘lgan quyosh stansiyasini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Texnologik va zamonaviy panellar monokristaldir, bu ularni uzoq vaqt davomida ishlatish uchun imkon beradi.

Bugungi kunda iste'molchilar, texnologik qurilmalar va yordamchi inshootlarni ta'minlash zavod hududidagi 64 ta transformator podstansiyasi orqali amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish xarajatlarida energiya xarajatlarining ulushi 27 foizni tashkil qiladi.

2024-yilning birinchi choragidan boshlab korxonada elektr energiyasi iste’moli tannarxi 20 foizga kamayishi kutilmoqda. Bundan tashqari, muntazam foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiluvchi quyosh batareyalarini o‘rnatish loyihasi yangi ish o‘rinlari va kelgusida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan texnik mutaxassisliklarni yaratish imkonini beradi.

Qolaversa, 2024-yil oxirigacha umumiy quvvati 16 MVtgacha bo‘lgan 10 ta quyosh energiyasi generatorlarini qurish rejalashtirilgan.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining amalga oshirilishi korxonaning energiya barqarorligini ta’minlashda muhim bosqichdir. Loyihani amalga oshirish doirasida 2024-yilda FNQIZning elektr energiyasiga bo‘lgan xarajatlari 5 foizga kamayishi kutilmoqda, – dedi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi bosh energetiki Umidjon Sotvoldiyev. – Bizning samarali energetikamiz zavod qurilmalarini o‘zimizning elektr energiyamiz bilan ta'minlash ishonchliligini oshiradi, energiya resurslarini sotib olish xarajatlarini kamaytiradi va yashil texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi”.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш