FNQIZ benzin ishlab chiqarishni ikki baravar oshirmoqda

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.

Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan palla - qish mavsumida yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

“Saneg” kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Latipov Habib benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.

"Bugungi kunda zavod texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqmoqda, uskunalarning optimal ish parametrlarini belgilamoqda. Benzin ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ham erkin bozor narxini shakllantirishga xizmat qiladi”, - dedi Latipov. 


Нашр этиш