Аlisher Navoiyga ehtirom koʼrsatildi.

Har yilning 9 fevrali mamlakatimizda maʼnaviyat, adabiyot, madaniyat va sanʼat bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Gʼazal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Fargʼona shahridagi uning nomi bilan ataluvchi xiyobonda boʼlib oʼtgan xotira tadbirida viloyat va shahar hokimliklari masʼul xodimlari, deputatlar, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, maʼnaviyat va maʼrifat jonkuyarlari, shuningdek Fargʼona neftni qayta ishlash rahbariyati, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda Fargʼona shahridagi Prezident maktabining xorijlik oʼqituvchilari, Erkin Vohidov nomidagi Ijod maktabi oʼquvchilari Аlisher Navoiy gʼazallaridan namunalar yodga olishdi, shoir gʼazaliga bastalangan mumtoz qoʼshiqlar yangradi, salobatli haykal poyiga viloyat va shahar hokimliklari, korxona va muassasalar, mahallalar, yozuvchi-shoirlar, oʼquvchi yoshlar, keng jamoatchilik tomonidan turfa guldastalar qoʼyildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш