“SAP HCM” YАRАTАMIZ, TАTBIQ ETАMIZ, FOYDАLАNАMIZ.

Biznes-jarayonlarni modernizatsiya qilishda keng tatbik kilinayotgan IT-echimlar asrida ilgʼor jahon tajribasidan xabardor boʼlish, inson resurslarini boshqarish sohasidagi ijobiy isbotlangan tendentsiyalarga amal qilish, xodimlarni boshqarishga yondashuvning mohiyatini oʼzgartirish zarur.

“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJni raqamlashtirish jarayoni bir joyda toʼxtab qolmayapti! 2020-yil dekabr oyida ishga tushirilgan SAP S/4 HANA integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish doirasida Kompaniya rahbariyati navbatdagi bosqich – SAP HCM modulini joriy etishga qaror qildi.

21.12.2021 y. SAP platformasida dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va amalietga tadbik etishga yoʼnaltirilgan “LeverX International CAU” xalqaro kompaniyalar guruhi bilan shartnoma imzolandi. «LeverX International CAU» rasmiy SAP xizmati hamkori, shuningdek, АQSh va Yevropadagi koʼplab kompaniyalar va startaplar uchun strategik texnologiyalar boʼyicha hamkor hisoblanadi. Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi mijozlarning dasturiy taʼminot va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga, investitsiyalarni rentabelligini oshirishdan iborat.

“SAP HCM” - bu kompaniyaning "inson resurslari" bilan bogʼliq jarayonlarini samarali boshqarish uchun toʼliq, yaxlit vositalar toʼplamini taklif qiluvchi yechim.

Echim sizga asosiy HR-jarayonlarini avtomatlashtirish, shu jumladan operativ va statistik hisobotlarning har xil turlarini yaratish, kadrlar boʼlimi ishining samaradorligini oshirish, axborot makonining birligini, uning mavjudligi, shaffofligi va izchilligini taʼminlash, bu bilan bogʼliq xavflarni minimallashtirish imkonini beradi.

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi MChJ ehtiyojlari uchun “SAP HCM” asosida asosiy kadrlar jarayonlarini avtomatlashtirish loyihasining koʼlami quyidagi funktsional modullarni amalga oshirishni oʼz ichiga oladi:

  • -tashkiliy boshqaruv;
  • -xodimlarni boshqarish;
  • -vaqt maʼlumotlarini boshqarish;
  • -ish haqini xisoblash.

Tadbik etilaetgan boshkaruv tizimiga raxbariyat ishonchlilik, miqyoslilik, funktsionallik va bozordagi obroʼ-eʼtibor nuqtai nazariga yuqori darajadagi talablarni qoʼymokda.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш