“Fargʼona NQIZ” MChJ da 2021 yil yakuni va 2022 yilga reja.

Yil yakuniga ham sanoqli kunlar qolgani har bir inson uchun oʼz sarhisobini yuritishga undaydi. Yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar, hamda yangi yil uchun yangi rejalar tuzish masʼuliyati xech bir kimsani befarq qoldirmaydi.

 Oʼtib borayotgan 2021 yilda barcha jabhalardagi qatori “Fargʼona NQIZ” MChJda ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, investitsiya loyihasi va ishlab chiqarish sohasida belgilangan kuyidagi rejalar amalga oshirildi.

- Neft xom ashyosini qayta ishlash hajmi 1,000,000 tonnadan oshdi.

- Energiya resurslari isteʼmolini tejash dasturi tatbiq qilindi.

- Neft mahsuloti yoʼqotishlarini ishlab chiqarishga qaytarishning doimiy ishlaydigan sxemasi yaratildi, Toshloq xududida joylashgan birinchi bosqich ushlab qoluvchi quduqlarning butun hajmini ishga tushirish boʼyicha ishlar qayta tiklandi. Ushbu chora-tadbirlar ekologik vaziyatni nazorat qilish va oyiga 160 tonnagacha ushlangan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beradi. Bundan tashqari, kontservatsiya qilingan tindirgich rezervuarlarni tozalash orqali 300 tonnagacha saqlanib qolgan neft mahsulotlarini qaytarish boʼyicha ishlar tashkil etildi.

- Ilk bor Yevro IV sinfidagi dizel yoqilgʼisining sanoat partiyalari ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi

- Yevro V ekologik sinf dizel yoqilgʼisi ishlab chiqarish joriy etildi.

- Qotish harorati – 25 0C boʼlgan qishki dizel yoqilgʼisi ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.

- 2011-yildan buyon birinchi marta АI-95 II sinfidagi avtomobil benzini ishlab chiqarish qayta tiklandi.

- BN-25 burgʼulash eritmasining sanoat partiyasi ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi.

- Oʻz DSt/IEC 17025:2019 standartining yangi attestati boʼyicha zavod markaziy laboratoriyasining yangi muvofiqlik sertifikati olindi.

- Tashqi audit natijalariga koʼra FNQIZ Energiya menejmenti tizimining (EMS) ISO 50001 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

- Uchinchi tomon tashkilotlariga pullik xizmatlar (mexanik-taʼmirlash, transport, metrologiya va boshqalar) koʼrsatish sxemasi belgilandi, pudratchilarning mexanik va taʼmirlash xizmatlaridan voz kechildi, bu esa oʼz navbatida zavodning oʼz boʼlinmalari uchun ish hajmining oshishiga taʼsir qildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 67-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, Respublikamiz Iqtisodiy rivojlanish va kambagʼallikni qisqartirish vazirligining "Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda ekspertizadan oʼtkazildi,

va joriy yil 31 mart kuni ijobiy hulosa olingan edi. 2021 yil 14 dekabrda Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tasdiqlandi.

Frantsiyaning "Аksens", xamda Buyuk Britaniyaning - “Amec Foster Wheeler” - WOOD kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan asos loyixalari (PDP/FEED) asosida, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining “Omsknefteximproekt” MChJ (ONXP) tomonidan yangi texnologik qurilmalarni qurish uchun ishchi loyihasini ishlab chiqish ishlari jadal davom etmoqda. Mavjud texnologik obʼektlarni rekonstruktsiya qilish xamda yangi markazlashgan boshqaruv tizimi va zamonaviy laboratoriya binolarini qurish boʼyicha ishchi loyixasini ishlab chiqish uchun “UzLiTi Engineering” MChJ jalb etilgan boʼlib, ikkala loyixa institutlari tomonidan ishlar, tasdiqlangan jadval asosida olib borilmoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqarilishi uzoq muddat talab qilinadigan barcha texnologik jixozlarning asosiy texnik parametrlari aniqlanib, tegishli texnik shartlar ishlab chiqildi va ushbu texnik shartlar asosida yetkazib beruvchi kompaniyalarni tenderlar asosida jalb qilish va jixozlarni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish uchun buyurtmalar berish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Investitsiya loyihaning oʼz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, ishchi loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish hamda qurilish ishlarini bajarish boʼyicha ishlarni amalga oshirish uchun “Enter Engineering Pte.Ltd” kompaniyasi YeRS shartnoma asosida jalb etilgan boʼlib, quyidagi ishlar xamkorlikda amalga oshirilmoqda:

- yangi turdagi yuqori samarador xom ashyo va tayyor neft maxsulotlarini saqlovchi rezervuarlarni qurish buyicha ishchi loyixasi bugungi kunda yakuniy bosqichlarda boʼlib, rezervuarlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish boʼyicha “KONАR” АJ bilan shartnoma imzolandi va rezervuarlarni ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi;

- uglevodorod xom ashyosini quyish va toʼkish, qayta ishlash va saqlash, yarim tayyor mahsulotlar va tijorat mahsulotlarini oʼlchashni avtomatlashtirish uskunalarini yetkazib berish boʼyicha ishlab chiqaruvchi kompaniyani jalb etish maqsadida texnik shartlar ishlab chiqildi xamda “Fargʼona NQIZ” MChJ va “SEG” MChJ mutaxassislari bilan xamkorlikda tender savdolari oʼtkazilmoqda;

- “UZROSNEFTEGАZGEO” hamda “UzGАShKLITI” tashkilotlari bilan tuzilgan oʼzaro shartnomalarga asosan qurilish maydonlarida muxandislik tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda, bugungi kunda topografik tadqiqotlari nixoyasiga yetkazilib, geologik tadqiqotlarni oʼtkazish yoʼlga qoʼyildi;

- loyixalanayotgan gidrokreking xamda vodorod ishlab chiqarish qurilmalarining extiyojlarini taʼminlash maqsadida, yangi suvni kimyoviy tozalash qurilmasi, xamda yuqori bosimli bugʼ ishlab chiqarish qozonxonasini qurish uchun ajratilgan yer maydonlarida dastlabki qurilish ishlari yoʼlga qoʼyilmoqda;

- “Omsknefteximproekt” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlar asosida jixozlarni yetkazib beruvchi kompaniyalar tenderlar asosida jalb etildi, natijada gidrokreking, xamda vodorod ishlab chiqarish kurilmalari uchun reaktor, pech va adsorber kabi jixozlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish boʼyicha dunyoning taniqli Xitoy, АQSh va Italiya kompaniyalari tomonidan, oʼzaro tuzilgan shartnomalar asosida jixozlarni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish choralari koʼrilmoqda;

- tabiiy gaz yetkazib berish uchun moʼljallangan umumiy masofasi 12 km dan iborat yangi tashqi quvurini qurish uchun yer maydonlarini belgilash va loyixa xujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb etilgan “Vodiy kommunal servis” MChJ tomonidan loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlab oʼtish joizki, joriy yilning 17 sentabr kuni RFning “Gazprombank” АJ xalqaro tijorat banki hamda eksport kreditlari va investitsiyalarini sugʼurta qilish agentligi EKSАR sugʼurta agentligi masʼul vakillari FNQIZga tashrif buyurishdi hamda zavodda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni yuqori baholadilar va har tomonlama qoʼllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Bugungi kunda ushbu banklar talabiga asosan, amalga oshirilayotgan investitsion loyixaning ishchi xujjatlarini ishlab chiqishda qabul qilinayotgan texnik-texnologik koʼrsatgichlarini oʼrganib chiqish va ekspert xulosa kiritish maqsadida xalqaro texnik konsulьtantini jalb qilish uchun texnik shart ishlab chiqildi va dunyoning yuqori tajribali maxsus kompaniyalarini tenderlar asosida jalb etish ishlari yoʼlga qoʼyildi.

Joriy yilning 15–19 noyabr kunlari "Optimallashtirilgan rejalashtirish modelini loyihalash, ishlab chiqish va ishga tushirish" loyihasi doirasida "SANOAT ENERGETIKA GURUHI" MChJ, "AspenTech" va "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ vakillari ishtirokida oflayn amaliy oʼquv kursi va mashgʼulotlari tashkil etildi. Oʼquv kursi mashgʼulotlari davomida, loyihani tadbiq etish va amalga oshirish jadvali, ish hajmini batafsil aniqlash, oʼquv kursida qatnashgan foydalanuvchilarni sertifikatlash, loyihaning funktsional tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash va boshqalar bilan bogʼliq masalalar muxokama qilindi.

2022 yilda investitsion loyixani amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish, tashqi investitsiyalarni jalb etish, xamda ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish boʼyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, maqsad qilib qoʼyilgan ijobiy va respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga natijalarga erishish boʼyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Kirib kelayotgan 2022 yilda “Fargʼona NQIZ” MChJ jamoasiga oʼz oldiga buyuk maqsad va vazifalarni qoʼyishini, oʼz soxalarida yuqori natijalarga erishishini, kasb-xunar maxorati saviyasini oshirishini va natijada zavodni zamonaviy, raqobat bardosh korxonaga aylantirib, davlatimiz iqtisodiy potentsialini oshirishga qaratilgan rejalarini amalga oshirib, korxonani barcha xodimlarini moddiy jixatdan taʼminotini barqaror qilishini tilab qolamiz.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

 

Нашр этиш