Direktor Huzuridagi Kengash 2021 yil yakunlarini sarhisob qilmoqda.

2021-yil 29-dekabr kuni zavod rahbariyati majlislar zalida direktor huzuridagi navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha direktorning yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, zavod bosh mutaxassislari, tsexlar, bo‘lim va xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Zavod direktorining birinchi o‘rinbosari-texnik direktor raisligida SAPni amaliyotga tatbiq qilish loyihasi, shuningdek, FNQIZda biznes jarayonlarini avtomatlashtirishni amalga oshirishga qarshi boshqa loyihalar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ modernizatsiya loyihasi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirish, yangi laboratoriya jihozlarini olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan korxona direktor o‘rinbosarlari va bosh mutaxassislarning hisobotlari tinglandi.

Bundan tashqari 2021-yil 3-noyabrda bo‘lib o‘tgan Direktor huzuridagi avvalgi Kengash bayonnomasi bandlari ijrosi yuzasidan mas’ul mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Yig‘ilish yakunlarini sarhisob qilar ekan, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ direktorining birinchi o‘rinbosari-texnik direktor korxona direktori nomidan va shaxsan o‘z nomidan barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi – 2022-yil bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, muvaffaqiyatlar va oilaviy farovonlik tiladi.

Keyingi Kengash 15.02.2022 yilga rejalashtirildi.

 

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш