Yangi 2024 yilingiz muborak bo‘lsin!

Qadrli hamyurtlar!

Vatanimiz uzra yangi yil shukuhi kezmoqda. Hayotimizning barcha bo‘g‘inlarida, sohalarida va tarmoqlarida zafarli xizmat qilayotgan mehnatkash xalqimiz o‘tayotgan yilning muvaffaqiyatli, barakali, quvonchli kelganligidan sarafroz bo‘lmoqdalar hamda o‘zining ulkan orzulari, umidlari, niyatlari bilan kirib kelayotgan yangi yilni kutib olishga munosib tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi va jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangi 2024-yil bilan samimiy qutlaydi va xalqimizning ezgu niyatlari amalga oshishiga tilakdoshdir.

O‘zbekistonimiz ravnaqi bundanda yuksak, xalqimiz hayoti to‘kin-sochin, farovon, kelajagi porloq bo‘lsin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Farg‘ona NQIZ rahbariyati va jamoasi

 


Нашр этиш