FNQIZ xodimlarni hisobga olish va harakatlanish jarayonlarini takomillashtirmoqda

O‘tgan haftada Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida SAP HCM tizimining integratsiya sinovlari yakunlandi. Modul yirik korxonalarda inson kapitalini boshqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, SAP ekotizimining bir qismi hisoblanadi.

SAP HCM moduli korxonaning tashkiliy tuzilmasi to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni istalgan vaqtda istalgan muddat oralig‘i uchun olish imkonini beradi, bu esa korxona xodimlarini hisobi va harakati jarayonini optimallashtirish hamda kadrlar boshqaruvini ta’minlash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Modul loyiha yechimlari ichki buyurtmachilarning kutayotgan natijalariga qanchalik muvofiq kelishini tekshirish maqsadida sinovdan o‘tkazildi. Sinovlar yakuniga ko‘ra, tizimdan kelgusida foydalaniga qaror qilindi.

Funksional sinovning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat bo‘ldiki, u shunchaki “ekrandagi namoyish” formatida o‘tkazilmadi, balki foydalanuvchilarga tizim bilan mustaqil ravishda tanishish hamda sinov rejimida operatsiyalarni bevosita kiritish imkoniyatini taqdim etdi.

Test sinovlari dasturiy yechimlar integratori «LeverX» kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda tashkil etildi. Sinov tashkiliy boshqaruv, xodimlarni boshqarish, ish vaqtini hisobga olish hamda ish haqini hisoblash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.

“SAP ERP yechimlarini joriy qilish doirasida o‘zgarishlarni boshqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish nihoyatda muhim. Foydalanuvchilar maksimal qulaylik bilan avtomatlashtirilgan yechimga o‘tishlari uchun “LeverX”dagi hamkasblarimiz bilan birgalikda barcha murakkab jihatlarni maksimal darajada qamrab olishga harakat qildik. Ishonchim komilki, bu SAPning ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa modullarining ham FNQIZda kelgusida integratsiyalashuvi uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi FNQIZ direktorining biznes jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Natalya Alshanikova Vasilyeva.

Foydalanuvchilar tomonidan tizimdagi dastlabki qadamlar SAP HCM joriy biznes jarayonlarini yaxshilashga yordam berishi, ma’lumotlarni bitta raqamli makonda saqlash hamda korxona mutaxassislarining bilimlarini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш