"Farg'ona NQIZ" MChJ xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "O'z kasbining ustasi" ko'rik-tanlovining iyul oyi natijalari e'lon qilindi.

Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma'lum qilindi.

Barcha nomzodlar o'z kasblarining yeng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi.

O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka yerishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir yetmaganligi sababli, "O'z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari yetib quyidagi xodimlar taqdirlandi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Ismoilov Islomjon Soyibjonovich, 2 (neft bitumi va neft koksini qayta ishlash) tsexi;
  • Faoliyat turlari bo'yicha eng yaxshi mahsulot operatori- Yusupov Karim Ergashevich, 4 (Tovar hom ashyo va tayyor mahsulotlarni ortish) tsexi;
  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Qochqorov Tolibjon Juraboevich, 2 (neft bitumi va neft koksini qayta ishlash) tsexi;
  • Eng yaxshi elektromontyor- Dustboev Raxmonali Hasanboevich, 7 (Axborot kamunikasiya va texnologiyalar) tsexi;
  • Eng yaxshi mexanik ta'mirlash ishlari xodimi- Omonov Farhod Nizamutdinovich 9 (Avtomatika va uskunalarni nazorat va o'lchov) tsexi;
  • Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Baykarova Natalya Vladiromovna, 10 (Markaziy labaratoriya) tsexi;
  • Eng yaxshi asbobsoz- Mallaboev Hamdamjon Karimjonovich, 9 (Avtomatika va uskunalarni nazorat va o'lchov) tsexi;
  • Transport xizmati bo'yicha eng yahshi xodim- Supidjonov Oydinjon Sodikjonov, 12 (Temir yol terminali) tsexi;
  • Eng yaxshi tarmoq xodimi – Podverbniy Stanaslav Dmitrievich, 7 (Axborot kamunikasiya va texnologiyalar) tsexi;
  • VGSO, VVO bo'yicha eng yaxshi xodim-Boltaboev Abduqahhor Qodiralievich, 14 (Tartib choralarini ta`minlash) tsexi;
  • AUP bo'limi bo'yicha eng yaxshi xodim- Badirova Yulduz, 17 (zavod boshqaruv) tsexi;
  • Xizmat ko'rsatish bo'limi bo'yicha eng yaxshi xodim- Akbarov Elyor O`ktamovich 13 (Markaziy omborxona) tsexi. 

 

FNQIZ matbuot хizmati.

 


Нашр этиш