Tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida FNQIZda tashkilot va zavod bo‘limmasi o‘rtasida futbol bo‘yicha shahar turniri o‘tkazildi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda FNQIZning xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mini-futbol musobaqalarida har birida 5 nafardan o‘yinchi bo‘lgan 4 ta jamoa ishtirok etdi.

Shu tariqa FNQIZning “Yoshlar” jamoasi, FVVB yong‘in xavfsizligi bo‘limi, temiryo‘l, suv va havo transportidagi transport militsiyasi bo‘limi va zavodning harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati vakillari murosasiz kurashda individual mahorat bilan birga munosib jamoaviy o‘yinni namoyish eta oldilar.

“Bunday musobaqalarni har oyda o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”, – deydi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Otabek Fozilov.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, FNQIZning “Yoshlar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin temiryo‘l, suv va havo transportidagi transport militsiyasi jamoasiga, uchinchi o‘rin yong‘in xavfsizligi bo‘limiga nasib etdi. G‘oliblar sovrinli kubok va boshqa sovrinlar bilan taqdirlandilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш