FNQZda birinchi marta "Zakovat" tanlovi o'tkazildi.

Zavod tarixida xodimlarining bilimlarini sinash uchun ilk marotaba"Zakovat" intellektual o'yin tanlovi tashkil etildi.

"Zakovat" tanlovi - bu 20 yillik tarixga ega intellektual o'yindir. Unda o'yinchilarga tartibga solingan vaqt bo'yicha javob topishlari kerak bo'lgan savollar beriladi.

Musobaqa yakunida "RSMU-Neft" jamoasi 1-o'rinni, "Neft-yog’ bo’limi" vakillari 2-o'rinni va IT-mutaxassislar xizmati jamoasi esa 3-o'rinni egalladilar.

 Intellektual o'yin Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi va "Xodimlarni qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy rivojlantirish" bo'limi tashabbusi bilan tashkil etildi.

 10 ga yaqin zavod jamoalari bosh sovrin uchun kurashdilar. Har bir jamoada 6 kishidan iborat edi. O'yin 2 bosqichdan iborat bo'lib, har bir bosqichda xodimlarning bevosita mehnat faoliyati mantiqi va bilimi bilan bog'liq 12 ta savol mavjud edi.

- "Zakovat intellektual o'yini mamlakatimizda bir necha bor o'tkazilmoqda, ammo bu tanlov zavodimiz tarixida birinchi marta o'tkazildi. Rahbariyatga ushbu tanlov g‘oyasini aytganimda, zavod rahbariyati mening fikrimni qo‘llab-quvvatladi. Qiziqarlisi shundaki, bu bellashuv biz kutgandan ham qiziqarli va murosasiz bo'lib chiqdi. Biz ushbu tanlovni oyiga bir marta o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz", - deydi zavodning "Ishchilarni qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy rivojlanishi" bo'limi boshlig'i Fozilov Otabek.

G'oliblar zavodning Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasining pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш