O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida FNQIZda eng yaxshi sportchilar aniqlandi.

«Farg`ona NQIZ» da tsexlar aro turli hil sport yonalishida musobaqalar o`tkazildi.

Ko‘rik-tanlov zavod Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda «Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy rivojlantirish» bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Musobaqada jamoalar 100 metrga yugurish, dart (nishonga urish) va tosh ko‘tarishda o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Harbiylashgan gazdan qutqarish xizmati jamoasi, 2-o‘rinni Tartib choralarini ta`minlash jamoasi, 3-o‘rinni IT-mutaxassislaridan tuzilgan jamoa egalladi.

-– Musobaqalar yuqori ruhda o‘tkazilib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Zavodimizda bunday jamoaviy musobaqalarning tashkil etilishi ishchi-xodimlarni salomatligini mustahkamlash, jamoaviy ahhiliknii yanada shakillantirishda xizmat qiladi. Shunday musobaqalar orqali, ishchilarning kayfiyatiga ijobiy kayfiyat bagʼishlab, mustaqil Oʼzbekistonning farovonligini shakillantirishda oʼz xisamizni qoʼshib asosiy maqsadimizga erishamiz deydi zavod Kasaba uyishmasi raisi Sayidaliev Abdurashid.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga pul mukofotlari topshirildi. Bunday sport tadbirlarini har oyda, reja asosida o‘tkazish rejalashtirilgan.

 


Нашр этиш