FNQIZda birinchi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun FNQIZda birinchi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda zavod xodimlari va hamkasblarimiz – bosh direktorning kadrlar va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Xurshed Naimovich Xojimetov, korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Igor Gusenkov, Kadrlar departamenti boshlig‘i Ismoil Abdugapirovich Abdulazizov, ta’lim va rivojlanish bo‘limi yo‘nalishi rahbari Mixail Aleksandrovich Klimkin hamda kasaba uyushma qo‘mitasi bosh mutaxassisi Anvar Gapurovich Hamidov ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda kommunikatsiya va qayta aloqaning yangi vositalari, shu jumladan SEGda allaqachon foydalanilayotgan vositalar taqdimoti o‘tkazildi.

Bunday uchrashuvlar har oyda bir marta doimiy ravishda tashkil etiladi, unda ishtirokchilarning har biri korxona rahbariyatiga istalgan savolni berishi mumkin. FNQIZdagi hamkasblarimiz jamoa ichida kommunikatsiya va o‘zaro aloqani yaxshilovchi vositalardan foydalana boshlaydi, degan umiddamiz.

 

FNQIZ matbuot хizmati.


Нашр этиш