"Fargʻona NQIZ" xodimlari uchun amaliy “Kompyuter savodxonligi” oʻquv kursi tashkinlandi.

Bugungi kunda axborot tyexnologiyalari kirib bormagan soxa qolmadi. Qaysi bir soxani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tyezkorlik bobida zamonaviy axborot texnologiyalari yangilanishlarning muxim bir omiliga aylanib bormoqda.

Ayniqsa kommunikasion texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanib borishi korxonalarga yangi innovasion texnika va texnologiyalarni kiritib yuqori texnologiyalardan foydalanib raqobatbardoshlikni oshiradi.

Xozirgi kunda bizning Fargʻona neftni qayta ishlash korxonaga tegishli barcha bino va inshootlarimiz ham innovasion texnika va texnologiyalar bilan jixozlanib, oʻzaro kopyuter tarmoqlari rivojlantirilib natijada ish unumdorligi ham sezilarli darajada oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Pryezidyentining 01.03.2022 yildagi PF-81-sonli “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” toʻrgʻisidagi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida  xotin-qizlar va yoshlar  bilan maqsadli ishlash, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish hamda zavod ishchi-xodimlarining kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalari boʻyicha dastlabki bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida “Kompyuter savodxonligi” oʻquv-amaliy kursi tashkil etilgan boʻlib, Korxona rahbari tomonidan   20.05.2022  yilda imzolangan 82/PK sonli buyruq asosida korxonamizning 6, 7, 8, 9, 10 va 11 tsexlardan iborat 49 nafar   ishchi-xodimlari 7-tsexning malakali dasturchilari yordamida oʻqitilmoqda. 

“Kompyuter savodxonligi” oʻquv-amaliy kursiga boʻlgan talab kundan kun ortib bormoqda. Ushbu oʻquv kursning davomiyligini taʼminlash maqsadida navbatdagi oʻqitish uchun moʻljallangan guruxlar roʻyxati personalni oʻqitish va rivojlantirish boʻlimi tomonidan  shakllantirilib borilmoqda. Ushbu oʻquv kursi 3 gurux shaklida amalga oshiriladi.

1-gurux “Kompyuterdan foydalanish uchun boshlangʻich bilmga asoslangan dastur”  asosida
2-gurux “Kompyuterdan foydalanishda tajribalik xodimlarga moʻljallangan dastur” asosida 3-gurux “Kompyuterdan foydalanishda malaka va tajribaga ega boʻlgan xodimlarga moʻljallangan dastur” asosida oʻqitish ryejalashtirilgan.
Ushbu oʻquv kursida qatnashish istagida boʻlgan korxonadagi barcha xodimlarning roʻyxatlari shakllantirilgan boʻlib. Birinchi guruxda 52 ta ishchi xodimlar, ikkinchi guruxda 104 ta ishchi-xodimlar va uchinchi guruxda 103 ta xodimlar oʻqitilishi ryejalashtirilgan.
1 va 2 gurux uchun dars mashgʻulotlarini korxonamizdagi tajribali opyerator dasturchilarimiz olib borishadi.
3-gurux uchun dars mashgʻulotlarini korxonamizdagi tajribali opyeratorlar bilan birgalikda maxsus buyurtma asosida kyelgan tajribali oʻqituvchilar ishtirokida olib borilishi ryejalashtirilgan.

 

 Zavod matbuot xizmati.


Нашр этиш