“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ  sifat , sog‘liqni saqlash va mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhitni boshqarish , shuningdek, energiya menejmenti tizimlari xalqaro standartlari talablariga javob beradi.

Hafta dawomida otkazilgan nazorat auditida CERT International kompaniasi hulosalari olindi.

Audit tekshuruvi doirasida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda sifat menejmenti tizimi (ISO 9001), sog‘liqni saqlash va mehnatni muhofaza qilish tizimi (ISO 45001), atrof-muhit menejmenti tizimi (ISO 14001), shuningdek, energomenejmenti tizimi  (ISO 50001) xalqaro talablari bajarilayoganligi tasdiqlandi.

Nazorat auditidan o‘tish jarayoni joriy yilning 13-16 iyun kunlari o‘tkazildi. Ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan va ishlab chiqilgan sifat, xavfsizlik, atrof-muhit va energomenejment tizimlari CERT International sertifikatlashtirish organi tomonidan ijobiy baholandi.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ texnik direktori Iqboljon Rahimov:

“Ushbu sertifikatlarning mavjudligi zavodimizga kelajakda xalqaro buyurtmalar miqdorini kengaytirish imkonini beradi. Deyarli barcha buyurtmachilar. shu jumladan EPC kompaniyalari o'z mijozlari  atrof-muhit va energetik intizomga rioya qilishi, mehnat  muhofazasi va xavfsizlik meyorlari va mahsulot sifati talablari buzilmaganligiga  katta e`tibor qaratadi. Bu mas'uliyatli biznesga ob'ektiv yondashuv, biz buni tushunamiz. Sertifikatga ega bo‘lish va uning har yili muntazam tasdiqlanishi muzokaralarda ishtirok etishda  va baxolanishda o‘zimizda ishonch hisini oshiradi”.

Ushbu muvofiqlik sertifikatlari ISO 9001:2015, ISO 45001:2018, ISO 14001:2015 va ISO 50001:2018 xalqaro standartlari talablariga  rioya qilinishi  va har yili qayta nazoratdan o’tkazilish sharti bilan, CERT International kompaniyasi tomonidan uch yil muddatga beriladi.

 

 Zavod matbuot xizmati.

 


Нашр этиш