"Farg‘ona NQIZ" ayollar uchun muhim uchrashuv tashkil qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy faoligini oshirish, huquq, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, taʼlim va kasbiy koʼnikmalar olishlariga koʼmaklashish, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Davlat siyosatining bu yoʼnalishlari xalqimiz, ayniqsa xotin-qizlar tomonidan qoʼllab-quvvatlanmoqda.

Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida Fargʼona viloyati hokimi oʼrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi K.Kavlanova, Fargʼona shahar Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi D.Xolmatova hamda Toshkent Аxborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali olima ayollari ishtirokida oʼtkazilgan “Аyol oila jamiyat” mavzuidagi davra suhbatida ana shular haqida gapirib oʼtildi.
Soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga cheksi gʼamxoʼrliklar koʼrsatish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʼyicha qabul qilingan Milliy dastur va amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga alohida toʼxtalib oʼtishdi.

Takidlab o‘tish joizki bu yeg‘ilishni "Farg‘ona NQIZ" ning Ijtimoyi rivojlantirish va ishchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tashkillandi.

Ochiq muloqotda zavod xotinqizlari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼlaqonli javoblar olishdi.

 

 Zavod matbuot xizmati.

 


Нашр этиш