“Fargʼona NQIZ”da futbol xaftaligi oʼtkazildi.

Zavod maʼmuriyati va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan ishchi-xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib etish va ularning sogʼligini mustahkamlash maqsadida sportning mini futbol turi boʼyicha korxona birinchiligi tashkil etildi. Unda 16 ta jamoalar oʼzaro bahs olib bordi.

Zavod 1-sektorida joylashgan mini stadionda oʼtkazilgan musobaqalar qiziqarli, keskin va murosasiz kechdi. Dastlab 4 ta guruhga boʼlingan jamolar keyingi bosqichga olib chiquvchi ikki yoʼllanma uchun kurash olib bordi. Soʼngra chorak final musobaqalari boʼlib oʼtdi. Har bir jamoa gʼoliblik uchun katta tayyorgarlik koʼrgani uchrashuvlar davomida yaqqol sezilib turdi. Аyniqsa, yoshlardan tarkib topgan jamoalar hujumkor oʼyinlari bilan raqiblaridan ustun kelishdi.

Musobaqaning final bahsida maydonga Harbiylashgan gazdan qutqarish xizmati (GGS) va OYICh jamoalari tushdi. Oʼyinda oltiariqliklarning omadi keldi va ular 6:4 hisobida gʼalaba qozondilar. 3-oʼrinni 13-tsex jamoasini magʼlub etgan RSMU-NEFT jamoasi egalladi.

Gʼolib jamoaga musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi. Ular va faxrli oʼrinlarni egallagan sexlar jamoalari pul mukofotlari bilan ragʼbatlantiriladi.

 

 Zavod Matbuot xizmati

 

 

 

 


Нашр этиш