Namangan shahriga sayohat

Navroʼz bayrami arafasida zavod rahbariyati tashabbusi bilan ishlab chiqarishda va jamoat ishlarida koʼpchilikka ibratli ishchi-xizmatchilar, faol mehnat faxriylari hamda tashabbuskor yoshlardan iborat 100ga yaqin xodimlar Namangan shahrida sayohatda boʼldi.

Bayramona kayfiyatda gullar shahri Namanganga yetib kelgan hamkasbarimiz viloyat oʼlkani oʼrganish muzeyida boʼlib, u yerdagi eksponatlar, qadimgi topilmalar, viloyatning oʼziga xos ramzlarini aks ettirgan koʼrgazmalar orqali Namangan tarixi va bugungi hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bogʼida madaniy hordiq chiqardilar.

Namangan shahrining bezagi boʼlgan "Аfsonalar vodiysi" dam olish maskaniga sayohat ham zavod ishchilarida katta tassurotlar qoldirdi. Bu yerda joylashgan jome masjidi xam ziyorat qilindi. Shuningdek, guruh aʼzolari koʼngilochar attraktsionlarda miriqib oʼynashdi. Shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, tabarruk qadamjolar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazmunli va maroqli sayohatdan soʼng korxonamiz ishchilari katta taʼsurot bilan oilalari bagʼriga qaytdilar. Ichki turizmni rivojlantirishga hissa qoʼshayotgan zavod ruhbariyatiga minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

 

Zavod Matbuot xizmati

 

 

 


Нашр этиш