“Hilol” supermarketi neftchilar xizmatida.

Zavod tasarrufidagi 13-tsex avtobekati hududida zamonaviy savdo majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu "Hilol" supermarketi zavodimiz ishchi-xodimlarining bevosita ish joydidan uzoqlashmagan xolda turmush ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar sotib olishlariga qulaylik yaratadi. 

Mazkur savdo majmuosi zavod Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasining say xarakatlari bilan ochildi. Unda 8 ta savdo doʼkoni boʼlib, kundalik turmush ehtiyoji uchun zarur boʼlgan oziq-ovqat. qishloq xoʼjaligi mahsulotlari, maishiy texnika jihozlari, kiyim-kechak, parfyumeriya-kosmetika buyumlari bilan savdo qilinadi.

“Hilol” supermarketida savdo-sotiq qilishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, zamonaviy texnik jihozlar oʼrnatilgan. Naqd pul, plastik kartochki, pul oʼtkazish orqali xarid qilish imkoniyatlari mavjud. Аhamiyatlisi, zavod ishchi-xodimlari mablagʼlari boʼlmay qolganda aslo xavotirga tushishlariga oʼrin yoʼq, chunki mahsulotlarni maʼlum miqdorgacha boʼlajak ish oylik xisobiga ham xarid qilishlari mumkun.

“Hilol” supermarketi har kuni soat 7:00 dan 19:00 gacha faoliyat koʼrsatadi. Qoʼshimcha maʼlumotlarni Fargʼona NQIZ Kasaba uyushmasi qoʼmitasidan olishingiz mumkun.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш