"Farg‘ona NQIZ" MCHJ mini-stadionida xamkor korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha musobaqa natijalari aniqlandi.

Farg‘ona NQIZ mini stadionida ”Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ jamoasi va hamkor tashkilotlar jamoalari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqalarga jamoalar puxta tayyorgarlik ko‘rgani o‘yinlar davomida yaqqol sezilib turdi. Havaskor futbolchilar har bir bellashuvda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bilan maydonga tushdi va hujumkor o‘yin namoyish etdilar.

Turnir natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni “Farg‘ona NQIZ yoshlari” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa 2-o‘rinni zavodning 18 tsehi jamoasiga nasib qildi. Faxrli 3 -o‘rinni IIV Transport xafsizligini ta’minlash batalyoni 1 otryadi jamoasi futbolchilari egallashdi.

Futbol musobaqasida Farg‘ona viloyati FVB yong‘indan qutqaruv  bo‘limi va Mudofaa vazirligi TOQQQning (toifalangan obʼektlarni qoʼriqlash qoshinlari qomondonligi) harbiy qismi futbol jamoalari ham faol ishtirok etishdi.

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш