Fargʼona NQIZ da “Inavatsion gʼoyalarni targʼib etish va operatsion samaradorlikni oshirish” togʼrisida yegʼilish oʼtkazildi.

2021 yil 17 dekabr kuni korxonaning majlislar zalida bosh mutaxassislar, bulim va tsex raxbarlari ishtirokida «Korxonani operatsion samaradorligini oshirish», «Korxonada innovatsion gʼoyalarni tatbiq etish» va «Energoresurslardan oqilona foydalanish, yuqotishlarni, sarf xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifatini yaxshilash boʼyicha 2022 yilga moʼljallangan Chora-tadbirlar rejasi» yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi.

Korxonada tasdiqlangan va joriy etilgan «Operatsion samaradorlikni oshirish Nizomi»ga asosan, xar bir korxona xodimlari va yosh kadrlari orasida targʼibot olib borish va korxona faoliyati samaradorligini oshirish boʼyicha takliflar berish yuzasidan tegishli ishlari olib borildi. Boʼlim va tsexlardan tushgan gʼoyalar texnik kengash tomonidan oʼrganib chiqib, axamiyatga molik boʼlganlari amaliyotga tatbiq qilinadi.


Нашр этиш