Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʼona viloyati boshqarmasi hamkorligida FNQIZda kamondan otish boʼyicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa zavod ishchi-xizmatchilari oʼrtasida mazkur sport turnirini ommalashtirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida oʼtkazildi.
Musobaqada zavodning har bir tsexidan 5 nafardan faol yosh mutaxassislar ishtirok etib, kamondan oʼq otish boʼyicha naqadar mahoratli ekanliklarini amalda koʼrsatishdi.
Musobaqa natijalariga koʼra Abdumalik Abduhamidov gʼoliblikni qoʼlga kiritib, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʼona viloyati boshqarmasining 1-darajali diplomi bilan taqtirlandi, 2-oʼrinni Saidahmatov Botirxon va uchinchi oʼrinni Rahmonjonov Boborahim egalladi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgani uchun Tursunova Malikaxon Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
FNQIZ matbuot xizmati