Bugun, 15 dekabr kuni "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJ xodimlari o'rtasida "O’z kasbining ustasi" ko’rik-tanlovining oktabr oyi natijalari ma'lum bo'ldi.
Tanlov-musobaqa natijalari sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash bilan ommaviy tarzda ma’lum qilindi. Barcha nomzodlar o'z kasblarining eng munosib vakillari bo'lishiga qaramay, ochiq ovoz berishda ular orasida fidoyilik, intizom va faol tarzda tashabbuskorlik ko'rsatgan mutaxassislar hamkasblari tomonidan adolatli tarzda baholandi. O'tgan oy so'ngida, ish rejasini bajarishda, moddiy resurslar narxini minimallashtirish hamda ishlab chiqarishda yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishgan, shuningdek, faoliyati davomida yuqori mehnat intizomi va xavfli texnik ishlarda noxush holatlarni sodir etmaganligi sababli, "O’z kasbining ustasi" faxriy unvoni sovrindorlari etib quyidagi xodimlar taqdirlandi:
- Texnologik qurilmalarning eng yaxshi operatori- Komilov Farxodjon Rustamovich, 2 tsex;
- Faoliyat turlari boʼyicha eng yaxshi operator- Mallabaev Baxtier Ismoilovich, 6 tsex;
- Texnologik qurilmalarning eng yaxshi mashinisti- Shermatov Sherzod Maxmudovich, 6 tsex;
- Eng yaxshi elektromontyor- Buriev Xayotjon Shaxobiddinovich, 9 tsex;
- Eng yaxshi mexanik taʼmirlash ishlari xodimi-Nazirov Bobomurod Nadijon ugli, 9 tsex;
- Eng yaxshi laborant, namuna oluvchi xodim- Umurzakova Shaxnoza Muzaffarovna, 19 tsex;
- Eng yaxshi asbobsoz-Аzimov Ulug`bek, 12 tsex
- Transport xizmati boʼyicha eng yahshi xodim- Kuldoshev Odiljon Omonovich, 14 tsex;
- Eng yaxshi tarmoq xodimi (Muxandis texnik xodimi)- Podverbny Stanislav Dmitrievich, 9 tsex;
- VGSO, VVO boʼyicha eng yaxshi xodim- Ibragimov Baxovoddin Isroilovich, 19 tsex;
- AUP boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Xalilov Sherzod Mirzagafurovich, 20 tsex;
- Xizmat koʼrsatish boʼlimi boʼyicha eng yaxshi xodim- Ortikova Iroda G`ulomovna, 31- tsex.
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodining matbuot xizmati