Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʼona filliali talabalari bilan oʼtkazilgan suhbat haqida.

Mehnat bozorida yosh muttaxassislarga boʼlgan talab, talabalar oʼqishni tamomlagandan soʼng oʼz soxasiga tegishli turli xil yangiliklarni tushunishi, qabul qilishi va tezda oʼzlashtirishiga tayyorgarligi bilan belgilana boshladi.

Shu munosabat bilan Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi raxbariyati iqtidorli talabalarni saralash maqsadida bir qator oliy taʼlim muassasalari bilan ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini tashkillash uchun hamkorlikni yoʼlga qoʼydi.

2021-yilning 18-noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʼona fillialining “Kompyuter injеniring” va “Telekommunikatsiya” yoʼnalishlarida taxsil olayotgan 2, 3, va 4 bosqich talabalari bilan korxona mutaxassislarining uchrashuvi tashkil etildi. Doʼstona ruhda oʼtkazilgan uchrashuvda talabalar korxonaning oʼziga xos xususiyatlariga qiziqish bildirishdi va Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan oʼzgarishlar haqida turli savollar bilan murojaatlar qilishdi. Universitet raxbariyati korxonamiz uchun yetuk kadrlar tayyorlash, shuningdek, talabalarni amaliy faoliyatga oʼrgatish boʼyicha universitet oʼqituvchilarni xam korxonamiz bilar tajriba almashishi boʼyicha hamkorlikni taklif qilishdi.

Suhbat davomida tavsiya etilgan talabalardan “Fargʼona neftni qayta ishlash korxonasi” MChJ da ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotini oʼtashga bir qator talabalar aniqlanib, keyinchalik ularni korxonaga ishga joylashtirish masalasi koʼrib chiqilishi belgilandi.

 

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

 


Нашр этиш