Yashil hududlarni kengaytirish ishlari haqida.

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «yashil makon» tashabbusi ijrosi doirasida “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ koʼkalamzorlashtirish ishlarini birinchilardan boʼlib oʼz zimmasiga oldi va 21 200 koʼchatdan iborat daraxtlarni ekishni rejalashtirdi.

Shunday qilib, maxsus ajratilgan maydonlarga qaragʼay, archa, pavloniya, oʼrik, bodom, palma, olma kabi manzarali va mevali daraxt koʼchatlari ekilmoqda.

Shuningdek EKO bogʼi barpo etish maqsadda maxsus texnikalar yordamida “OAZIS” hududida 2 gektar maydonda tekkizlash ishlari olib borildi.

Davlatimiz rahbarining “yashil makon” tashabbusini amalga oshirish doirasidagi ishlar davom etmoqda.

FNQIZ matbuot xizmati

Bu maqola “Farg‘ona xaqiqati” gazetasida xam chop etildi.


Нашр этиш