Fargʼona NQIZda kasaba uyushmalari kuni tantanali nishonlandi

Zavod boshqarmasi majlislar zalida 11 noyabr - Oʼzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «Yurt taraqqiyoti yoʼlida birlashaylik» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda zavod rahbariyati, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi xodimlari, tsexlar kasaba uyushmalari raislari, ilgʼor ishchi-xizmatchilar, kam taʼminlangan oilalar vakillari, mehnat faxriylari qatnashdilar.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi masʼul xodimi O.Qozixonova soʼzga chiqib, zavod jamoasini Oʼzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan tabrikladi.

 “Fargʼona NQIZ” MChJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan ishchi-xodimlarni qoʼllab-quvvatlash va ularni ijtimoiy himoya qilish masalalari ijobiy xal etilmoqda. Tadbir davomida, kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini oshirishdagi oʼzaro hamkorlikka katta hissa qoʼshgani uchun zavod direktori X.Latipov viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandidi.

Shuningdek, zavod bosh muhandisi D.Urunbaev, umumiy masalalar bo`yicha direktor oʼrinbosari B.Moʼminov jamoa aʼzolarini bayram bilan qutlashdi.

Tantanali tadbirda Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi R.Saydaliev “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi. 34 nafar kam taʼminlangan oilalar vakillariga umumiy 70 million soʼm miqdoridagi moddiy yordam, xamda maishiy texnika jihozlari sertifikatlari topshirildi. Namunali tsex kasaba uyushmasi raislari Faxriy yorliq, mehnat faxriylari Tashakkurnomalar bilan ragʼbatlantirildi.

Oʼzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш