“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ mutaxassislari “Korporativ boshqaruvni baholash vositasi” maqzusidagi onlyn-seminarda ishtirok etdilar.

2021 yilning 3-noyabr kuni iqtisodiy va moliya masalalari boʼyicha direktor oʼrinbosari M.M.Xusanov va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʼlimi boshligʼi U.Sh.Egamnazarovalar, korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish boʼyicha, tasdiqlangan qoʼshma tadbirlar rejasiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Osiyo tariqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn seminarda ishtirok etdilar.

Onlayn seminar Osiyo taraqqiyot banki, «UzRTSB» АJ, UzSAMA, UzAvto, «Uzkimesanoat» АJ, «TRАSTBАNK» XАB va Oʼzbekiston Respublikasining boshqa korxona va tashkilotlari vakillari ishtirokida boʼlib oʼtdi.

       

Onlayn maʼruzaning asosiy mavzulari IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti, Scorecard)ning korporativ boshqaruv tajribasi, tamoyillari va baholash uslublari haqida boʼldi.

Onlayn seminar davomida, boshqaruv masalalari boʼyicha maslaxatchi U.Richard Frederik ortirgan tajribasi bilan oʼrtoqlashdi va oʼzi tomonidan korxona boshqaruvining eng muhim masalalari boʼyicha taqdimot materiallari bilan tanishtirdi.

Mazkur korporativ boshqaruv tizimini jahon miqiyosida ham, mamlakat miqiyosida ham joriy etish muhimligi taʼkidlab oʼtildi.

Eslatib oʼtamiz, mazkur onlayn seminar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 29 martdagi 166-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan 2021-2025 yillarga moʼljallangan boshqarish va isloh qilish strategiyasini, amalga oshirish doirasida oʼtkazildi.

Navbatdagi onlayn seminar, 2021 yil 17 noyabr kuni oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш