Kadrlar tayorlash boʼlimini faoliyati xaqida.

“Fargʼona NQIZ” MChJ tomonidan joriy yilda bir qator oliy va oʼrta maxsus taʼlim muassasalari (Fargʼona politexnika instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʼona filiali, Rossiya davlatining I.M.Gubkina nomidagi neft va gaz universitetining filiali xamda Fargʼona neft va gaz kasb-hunar kolleji) bilan magistratura, bakalavriat talabalari va kollej oʼquvchilarini korxonamizda ishlab-chiqarish amaliyotini oʼtashlari uchun shartnomalar tuzilgan.

Ishlab-chiqarish va diplom oldi amaliyotining asosiy maqsadi-talabalar tomonidan oʼquv jarayonida olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirib mustaxkamlash, shuningdek zarur koʼnikma va amaliy tajribaga ega boʼlishini yaʼni kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishdir.

Yuqoridagilarni amalga oshirishda korxonaning yuqori malakali mutaxassislarini oʼz bilimlarini va toʼplagan tajribalarini boʼlajak yosh mutaxassislarga oʼrgatishlari uchun quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha talabalarga biriktirib beriladi: “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Elektr taʼminoti”, “Neft va gazni qayta ishlash”, “texnik boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirish”, “Kompyuter injiniringi”, “Neft va gaz kompleks iqtisodiyoti va korxonalarni boshqarish”, “Neft va gazni qayta ishlash operatori”, “Chilangarlik”, “Texnologik nasoslar va kompressor qurilmalari operatori” xamda “Nazorat oʼlchov asboblari chilangari” yoʼnalishlari.

Bundan tashqari, “Korxonani modernizattsiya qilish” loyihasini inobatga olib, istiqbolli bitiruvchilar orasidan “Fargʼona NQIZ” MChJ ga ishga potentsial nomzodlarni tanlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi boʼlgan xorij oliy oʼquv yurtlarida taxsil olayotgan talabalarni ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovka oʼtkazilishii tashkil etilgan.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш