FNQIZ mutaxassislari "xalqaro moliyaviy hisobot standarti" kursi boʼyicha muvaffaqiyatli oʼqitildi.

"ERIELL prof education" HOY bilan tuzilgan 2021 yil 29-martdagi 151/PK sonli shartnoma asosida “Xalqaro moliyaviy hisobot standarti” kursida buxgalteriya xodimlari va SAP mutaxassislari uchun onlayn trening oʼtkazildi.

“Fargʼona NQIZ” MChJ mutaxassislari xalqaro moliyaviy hisobot standarti kursini muvaffaqiyatli yakunladilar. Oʼquv kursi yakunlanib va imtixonlar qabul qilingandan soʼng, oʼqituvchilarning trening ishtiroklari bilan uchrashuvi tashkil qilindi, u yerda oʼqituvchi Mirzaxmedova Leyla Enverovna tomonidan “Xalqaro moliyaviy hisobot standarti” ni korxonada qoʼllash boʼyicha oʼtkazilgan yakuniy test natijalari taxlil qilindi.

 

Shuningdek, direktorning faoliyat boʼyicha oʼrinbosarlari, bosh mutaxassislari va boʼlim boshliqlari professor Аbdullaev Yusuf Negmatovichning “Korporativ madaniyat va ish odobi” mavzusida maʼruzasi bilan tanishishga taklif qilindi.
Kurs yakunida buxgalteriya xodimlari va SAP mutaxassislari oʼquv kursini tugatgan va xalqaro moliyaviy hisobot standarti kursida imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan qatnashchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш