АQSh elchisi Fargʼona neftni qayta ishlash zavodida boʼldi.

Аmerika Qoʼshma Shtatlarining Oʼzbekistondaagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum boshchiligidagi delegatsiya Fargʼona viloyatida boʼldi. Tashrif doirasida mehmonlar viloyat hokimligida uchrashuv oʼtkazishdi hamda bir qator yirik sanoat korxona va muassasalar faoliyati bilan tanishdilar

Shu jumladan, mamlakatimizning yirik sanoat korxonasi hisoblangan Fargʼona neftni qayta ishlash zavodiga 23 sentyabr tashrif buyurgan Daniel Rozenblyum va unga hamrohlik qilgan delegatsiya aʼzolari zavod direktori, oʼrinbosarlari, bosh muhandis, boʼlim va tsexlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari va mutaxassieslar tomonidan iliq kutib olindi.


Martabali mehmonlar dastlab korxonada keng koʼlamda olib borilayotgan modernizatsiya natijasida qayta rekonstruktsiya qilingan, neft xomashyosini qayta ishlash chuqurlashtirilgan GDS qurilmasi bilan tanishdilar. Bosh muhandis D.Urunboev zavod iqtisodiy, qudrati, investitsiya salohiyati, soʼnggi yillarda olib borilayotgan modernizatsiya, rekonstruktsiya va bunyodkorlik jarayonlari, ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi mahsulotlar, ularning sifat koʼrsatkichlari, korxonaning yaqin kelajakdagi istiqbolli imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi

Elchi janoblari bir necha yil ichida zavodni tubdan yangilash maqsadida amalga oshirilgan islohotlar va modernizatsiya samaralariga yuqori baho berdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari turi va sifati, eksport salohiyati bilan qiziqdi.

Keychalik, majlislar zalida direktor oʼrinbosari I.Rahimov Fargʼona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish loyihalari, shuningdek “Yoʼl xaritalari” holati, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish doirasida bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga javob beradigan dizel yoqilgʼisini va yangi turdagi moy maqsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida gapirib berdi.

Taʼkidlash oʼrinliki, keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilgan islohotlar neft sanoatini rivojlantirish uchun ham xizmat qilmoqda. Аyniqsa, tizim faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy loyihalar va qatʼiy chora-tadbirlar oʼzining ijobiy natijasini koʼrsatmoqda. Bunday natijalarni Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi misolida ham koʼrishimiz mumkin. Bunda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi "Fargʼona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish toʼgʼrisida"gi 67-sonli qarorining ijrosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yangi turdagi, yuqori sifatli "Euro-5" standartiga muvofiq dizelь yoqilgʼisi hamda АI-95 rusumli benzini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi. Shuningdek, API standarti asosida I-guruhga mansub yangi turdagi moy mahsulotlari ishlab chiqarish dasturiga asosan ishlab chiqarilgan motor, gidravlika va transmission moylari namunalari muvaffaqiyatli sinovdan oʼtkazildi.

Elchining tashrifi shu bilan oʼz nixoyasiga yetti.   

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш