Xalqaro standartlarga muvofiqlik yana bir bor tasdiqlandi

Farg‘ona NQIZ 2026-yil 22-25-iyun kunlari xalqaro standartlar bo‘yicha ikkinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Audit "CERT International" sertifikatlashtirish organi tomonidan korxonaning "Turli neft mahsulotlarini ishlab chiqarish" faoliyati doirasida o‘tkazildi. Audit yakunlariga ko‘ra, korxonada joriy etilgan boshqaruv tizimlarining quyidagi xalqaro standartlar talablariga to‘liq muvofiqligi tasdiqlandi:

✅ ISO 9001:2015 - Sifat menejmenti tizimi
✅ ISO 14001:2015 - Ekologik menejment tizimi
✅ ISO 45001:2018 - Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik menejmenti tizimi

 

Kuzatuv auditi davomida boshqaruv tizimlarining amaldagi faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi, sifatni boshqarish, ekologik mas’uliyat hamda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalqaro standartlar talablari asosida baholandi.

Audit natijalari Farg‘ona NQIZda xalqaro menejment tizimlari samarali faoliyat yuritayotganini, korxonada uzluksiz takomillashtirish tamoyillari izchil amalga oshirilayotganini hamda ishlab chiqarish jarayonlari belgilangan xalqaro talablarga to‘liq mos ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Innovatsiya va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘limi rahbari Anora Hoshimovaning ta’kidlashicha:

"Xalqaro standartlarga muvofiqlik - bu jamoamizning kundalik mas’uliyati va uzluksiz takomillashuvga intilishining natijasidir. Muvaffaqiyatli yakunlangan audit Farg‘ona NQIZda xalqaro menejment tizimlari samarali ishlayotganini yana bir bor tasdiqladi."

Mazkur natija Farg‘ona NQIZning sifat, ekologik barqarorlik hamda mehnat xavfsizligi sohalarida xalqaro standartlarga sodiqligini namoyon etib, korxonaning barqaror rivojlanishi va xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Farg‘ona NQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш