Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida menejment tizimining xalqaro standartlarini qayta sertifikatlash sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Zavod 2024-yil iyun oyida yuqori talablarga javob berishini tasdiqlagan holda qayta sertifikatlash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi:
- ISO 9001:2015 (Sifat menejmenti tizimi)
- ISO 14001:2015 (Ekologik menejment tizimi)
- ISO 45001:2018 (Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi tizimi)
Farg‘ona NQIZ ko‘p yillar davomida xalqaro boshqaruv standartlariga amal qilib kelmoqda, bu esa mahsulotlarning yuqori sifati, mehnat xavfsizligi va ekologik me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash imkonini beradi. Joriy etilgan boshqaruv tizimlari “CERT INTERNATIONAL” MCHJ sertifikatlash organining mustaqil auditidan o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada tashkil etilganligini tasdiqladi.
“Maqsadimiz — zavodni barqaror rivojlantirish uchun standartlarga javob berish va jahonning eng yaxshi tajribalariga tayangan holda doimiy ravishda takomillashib borishdan iborat”, — dedi xalqaro standartlarni
joriy etish bo‘limi boshlig‘i Kamolxo‘ja Qodirov.
2024-yil davomida zavodda boshqaruv tizimi standartlari bo‘yicha xalqaro tashqi auditni qayta sertifikatlashga bir qator tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Farg‘ona NQIZ zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv usullarini joriy etgan holda barqaror rivojlanish strategiyalariga amal qilishda davom etmoqda. Xalqaro sertifikatlarning tasdiqlanishi zavodning jahon standartlariga mos ravishda barqaror oldinga siljishining yana bir dalilidir.
Farg‘ona NQIZ Matbuot xizmati