Farg‘ona NQIZda “O‘z kasbining ustasi” tanlovi natijalari sarhisob qilindi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida “O‘z kasbining ustasi” tanlovining 2024-yilgi natijalari sarhisob qilindi. Yil davomida bir necha bosqichda o‘tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqa 12 ta kasb yo‘nalishini qamrab oladi va korxonaning eng yaxshi mutaxassislarini aniqlash imkonini beradi.

Tanlov xodimlarni rag‘batlantirish tizimining muhim qismi bo‘lib, ularning kasbiy mahoratini oshirish, malakasini rivojlantirish va tajriba almashishga qaratilgan. Bu yilgi finalda zavodning 1200 dan ortiq xodimlari ishtirok etib, yuqori darajadagi tayyorgarlik, texnik bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Tanlovda nafaqat nomzodlarning o‘zlari, balki ularning hamkasblari ham korxonaning telegram kanalida onlayn ovoz berish orqali ishtirok etishdi. Barcha xodimlarimiz “O‘z kasbining ustasi” unvoniga loyiq ekani shubhasiz!

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagilar o‘z nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi:

  • Texnologik qurilmalarning eng yaxshi kuzatuvchisi – Jo‘rayev Arabboy Omonjonovich, L35/11-300;
  • Faoliyat turlari bo‘yicha eng yaxshi kuzatuvchi – Zohidov Sodirjon No‘monovich, TI uchastkasi operatori;
  • Eng yaxshi texnologik nasos mashinisti — Zokirov Adham Mutalibovich, 37/1,2 qurilma mashinisti;
  • Eng yaxshi elektromontyor — Usmonov Sodiqjon Sattoraliyevich, elektr uskunalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor;
  • Eng yaxshi priborchi — Sheraliyev Ro‘ziboy Mamadaliyevich, priborchi;
  • Eng yaxshi mexanik-ta’mirlovchi ishchi — Sobitxonov Saidislomxon Xo‘jayusubxonovich, tokar-parmachi;
  • Eng yaxshi laborant — Pureskina Olga Sergeyevna, tovar laboratoriyasi laboranti;
  • Eng yaxshi transport xodimi - Madaliyev Yigitali Tursunovich, haydovchi;
  • Yo‘nalishning eng yaxshi xodimi — Isroilov Talabjon Jo‘raboyevich, sex mexanigi;
  • GQBX/HIOning eng yaxshi xodimi — Obazxonov Komiljon Qobilovich, GQBXning 1-darajali jangchisi;
  • MBning eng yaxshi xodimi — Vankin Igor Nikolayevich, muhandis-metrolog;
  • Eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi xodim — Ne’matov Sherali Ahmadjonovich, yuk tashuvchi.

Mazkur tanlov-musobaqa Nizomiga muvofiq g‘oliblar faxriy yorliq va gullar bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ular yil davomida moddiy rag‘batlantirib boriladi.

“Xodimlarimiz zavodning asosiy aktividir. Biz ularning professionalligi va doimiy rivojlanishga intilishidan faxrlanamiz. “O‘z kasbining ustasi”  tanlovi — bu xodimlarning tayyorgarlik darajasi va motivatsiyasini oshirish, shuningdek, korxonada jamoaviy ruhni mustahkamlash imkoniyatidir”, — dedi Farg‘ona NQIZ direktori Zafarjon Teshabayev.

Farg‘ona NQIZ eng yaxshi mutaxassislarni e’tirof etish an’anasini davom ettirmoqda va xodimlarning malakasini oshirish hamda rag‘batlantirish uchun korporativ tanlovlar tizimini bundan buyon ham rivojlantirish niyatida.

 

Farg‘ona NQIZ Matbuot xizmati

 


Нашр этиш