Zavod tarixi

Image

Farg‘ona viloyatining tabiiy iqlim sharoitlari, boy mineral-xom-ashyo manbalari, mehnat salohiyati O‘zbekistonda neftni qayta ishlash sanoatini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratgan.

O‘rta Osiyo mintaqasida neftni qayta ishlash sanoatining rivojlanish tarixi rus sanoatchilari Fyodorov, Xludov, Zaxo, Gromov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, ilk urinishlar 1868 yilda Farg‘ona vodiysida neft konlarini qazish bilan boshlangan. Lekin bazi sabablarga ko’ra bu boradagi ishlar to‘xtab qolgan edi.

Keyinchalik bu harakatlar qaytalanib, neft konlarini qazishga harakat qilingan va 1904 yilga kelib neft quduqlari ochilib, ulardan neft qazib olish yo’lga qo’yilgan. Natijada neftni qazib olish ishlari sermahsul bo‘lganligi sabab, mahalliy neftni qayta islash zavodini qurish taklifi yuzaga kelgan.

O‘sha yilning o‘zida muhandis A.N.Kovalevskiy boshchiligida Vannovskiy neftni qayta ishlash zavodi (hozirgi OYoICH) qurilishi boshlab yuborilib 1906 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda ushbu zavod Farg‘ona NQIZning bo‘linmasi hisoblanadi.
 
Image

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi qurilishi mahalliy neftni qayta ishlash tarmog‘ini tashkil qilish zarurati, shuningdek O’rta osiyo hududi bo‘ylab sanoat va transportni rivojlantirishni davom ettirish zarurati tufayli yuzaga keldi. Sanoatni xom-ashyo manbalariga yaqin, yoqilg‘ini esa iste’mol mintaqalariga yetkazish vazifasi Farg‘ona vodiysida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi orqali hal qilindi. Zavodning uzluksiz faoliyati O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlariga neft mahsulotlarini yetkazib berishda paydo bo’layotgan uzilishlarni oldini olish, uzoq yo‘lga tashish va bu bilan bog‘liq ortiqcha sarf xarajatlarni oldini oldi.

1958 yil 26 iyun kuni ilk ELOU (elektr tuzsizlantirish qurilmasi) qurilmasi ishga tushirildi. Atmosfera-vakuum neftni haydash texnologik qurilmasi ABT-1 1959 yilning boshida ishga tushirildi.

1959 yil 27 yanvar kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining tug‘ilgan kuni hisoblanadi.

Kelgusida neftni qayta ishlash darajasini oshirish va neft mahsulotlarini tozalash, shuningdek turdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zavodda turli yillarda quyidagi qurilmalar ishga tushirildi:

  • 1960 yilda 19/3 tipidagi bitum ishlab chiqarish qurilmasi;
  • 1960-1966 yillarda 37/1, 37/2, A - 37/1, A - 37/3 tipidagi moylarni selektiv tozalash qurilmalari;
  • 1961 yilda 42/2M tipidagi moylarni kontakt tozalash qurilmasi;
  • 1961 yilda 44 dagi vakuum kontsentratsion qurilma;
  • 1964 yilda 40/2 dagi parafin ishlab chiqarish qurilmasi;
  • 1964 yilda 35/2 dagi ekstraktiv-azeotrop haydash qurilmasi;
  • 1966 yilda G-24 moylarini gidrotozalash qurilmasi;
  • 1968 yilda etan ishlab chiqarish qurilmasi;
  • 1961-1969 yillarda 39/1, 39/6, 39/7-1, 39/7-2, 39/8 dagi moylarni deparafinlash qurilmasi;
  • 1960-1969 yillarda 36/1, 36/Zm, 36/5 dagi gudronni propan bilan deasfaltlash qurilmasi;
  • 1964-1975 yillarda 21-10/300, 21-10/600 sekinlashtirilgan kokslash qurilmasi (SKQ);
  • 1965-1978 yillarda L 35-11/300, LCH 35-11/600 dagi benzinlarni katalitik isloh qilish qurilmalari;
  • 1987 yilda neft koksini qizdirish qurilmasi (NKQ);
  • 1959-1994 yillarda ELOU-ABT-1, ELOU- ABT-2, ELOU-ABT-3, ELOU-ABT-4, AT-5 tipidagi neft va gaz kondensatiga dastlabki qayta ishlov berish qurilmalari;
  • 1999 yilda yuqori sifatli azot ishlab chiqarish qurilmasi (PSA) va h.k.

1995 yilda Farg‘ona NQIZ tarkibida oltingugurtli birikmalar ko‘p bo‘lgan mahalliy xom-ashyoga o‘tishi munosabati bilan zavod oldida avval ishlab chiqarilgan mahsulot assortimenti va sifatini saqlash, shuningdek dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish vazifasi paydo bo‘ldi. Tarkibida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lgan xom-ashyoni qayta ishlashning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda 1996 yil 12 noyabrdagi № 397-son qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va EKSIM bank (Yaponiya)larni jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy dastur doirasida dunyo standartlari va ekologik vaziyatni yaxshilash talablariga mos och rangli neft mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida Farg‘ona NQIZ rekonstruktsiyasini amalga oshirishga ko‘rsatma berdi.

Rekonstruktsiya loyihasi Yaponiyaning "Mitsui" va "Toyo Injiniring" kompaniyalari tomonidan amalga oshirilib, uni moliyalashtirish hajmi 200,0 mln. AQSH dollaridan ziyodni tashkil etdi.

1999 yil avgust oyida Dizel yoqilg‘isini gidrodesulfurizatsiyalash (GDS) majmuasi ishga tushirilishi bilan yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi olish bilan birga (oltingugurt tarkibi 0,5%dan oshmagan) oddiy oltingugurt olish bo‘yicha GDS qurilmasining qo‘shimcha obyektini qurish orqali atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish masalasi hal etildi.

Dizel yoqilg‘isidan olinadigan texnik oltingugurtga kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligida talab yuqori.

Zamonaviy texnika yil sayin neft mahsulotlarining eksplutatsiyaviy jihatlariga yanada qat’iy talablar qo‘ymoqda va Farg‘ona NQIZ erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmayapti, korxonamizda doimiy ravishda yoqilg‘i va motor moylari sifatini takomillashtirish bo‘yicha ishlanmalar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda D va E sinfiga mansub motor moylari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ular muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilib, ularni ishlab chiqarish va qo‘llash uchun ruxsatnoma olingan. Bular M-8DM, M-10DM, M 14DM dizel motor moylaridir.

Bundan tashqari, Farg‘ona NQIZda “Ferganol” turkumiga kiruvchi yangi yuqori sifatli motor moylarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan:

  • API bo‘yicha M-5z/14 -E1/D2 (SAE 15W 40SG/CD)
  • API bo‘yicha M-6z/20-E1/D2 (SAE 20W-50SG/CD)
  • API bo‘yicha M-5z/14-E (SAE 15W-40CF-4/SG)
  • API bo‘yicha M-6z/20-E (SAE 20W-50CF-4/SG)
  • API bo‘yicha M-5z/14-D1/G2 (SAE 15W-40SF/SS)
  • API bo‘yicha M-6z/14-D1/G2 (SAE 20W-40SF/SS)
  • API bo‘yicha M-6z/20-D1/G2 (SAE 20W-50SF/SS)

FNQIZ Tovar belgisi

FNQIZ Tovar belgisi

Tovar belgisi (xizmat koʼrsatish belgisi) – bu belgilangan tartibda roʼyxatdan oʼtgan, ayrim jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning oʼxshash tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgi.

1993 yil. Birinchi savdo belgisi.

1993 yil. Birinchi savdo belgisi.

Birinchi tovar belgisi sertifikati 1993 yil 9 iyunda kuyidagi roʼyxatga olingan tovar va xizmatlar uchun 33-son bilan Davlat reestrida roʼyxatdan oʼtkazilgan:

4-sinf - uy (xujalik) shamlari, ximoya mumi, parafinlar, benzin, kerosin, yoqilgʼi, moylar, kokslar, koʼshimchilar (prisadki), yoqilgʼi gazlar.

19-sinf – bitum

“Qora tomchi” savdo belgisi neft, neftni kayta ishlash va neft maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan bogʼliq.

Ushbu savdo belgisi 1993 yildan 2016 yilgacha, 23 yil davomida amal qilgan.

2020 yil. Yangi savdo belgisi.

Oʼzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari” qonuni va Tuzish qoidalariga muvofiq, 2020 yil 8 iyulda “Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligiga tovar belgisi va xizmat koʼrsatish belgisini roʼyxatdan oʼtkazish uchun ariza berildi.
 
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan daʼvo qilingan belgining ekspertizadan oʼtkazilgandan soʼng, tovar belgisi sertifikati 2021 yil 4 mayda № MGU 40345-sonli quyidagi roʼyxatga olingan tovarlar va xizmatlar uchun Davlat reestrida roʼyxatdan oʼtkazildi:

1 sinf – texnik oltingurt, toluol;
 
4 sinf – qoʼrgʼoshinsiz (neеtilirovanniy) avtomobil benzinlari, aviatsiya yoqilgʼisi, dizel yoqilgʼisi, mazut, suyultirilgan ugevodorod gazlari, texnik moylar va moylash materiallari, koks.
 
19 sinf – bitum
 
40 sinf – neft, gaz kondensati va uglevodorod xom ashyosini qayta ishlash.
 
2001 yil 22 sentyabrda kuchga kirgan “Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari” qonunga muvofik, Oʼzbekistonda tovar belgisining xuquqiy muxofazasi faqat rasmiy roʼyxatdan oʼtkazilgandan keyingina taʼminlanadi.

«Farg’ona NQIZ» MChJ 150106,
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati,
Farg’ona shahar,

Sanoat ko’chasi, 240 uy

Tel: (+99873) 229-45-19
Faks: (+99873) 229-45-76
е-mail: info@fnpz.uz
Tel. ishonch: (+99894) 555-83-84,
47-17 (zavod ishchilari uchun)

FNQIZ © 2024

Barcha huquqlar muhofaza qilingan.

DIQQAT! Agar sahifalarda matnda xatolik topsangiz, uni belgilab ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga yuboring.

Система Orphus