Farg‘ona NQIZ modernizatsiyasi: yangi avlod rezervuarlari

Farg‘ona NQIZ ishlab chiqarish quvvatlarini faol modernizatsiya qilmoqda, neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun yangi rezervuarlar qurish shular jumlasidandir. Bu zavodning samaradorligini oshiradi, xomashyo hisobini avtomatlashtiradi, uglevodorodlar yo‘qotilishini minimallashtiradi hamda ekologik xavfsizlikni yaxshilaydi.

1960-yillardan beri zavodda 300 dan ziyod rezervuarlar qurilgan bo‘lib, hozirda 325 dan ortiq rezervuarlar mavjud, ularning aksariyati eskirgan. Modernizatsiya doirasida 36 ta yangi zamonaviy rezervuar barpo etilmoqda.

Yangi rezervuarlarning asosiy afzalliklaridan biri  maxsus qoplamalar – vertikal po‘lat rezervuarlar ichiga o‘rnatiladigan pontonlardan foydalanishdir. Pontonlar rezervuarlardagi suyuqlik yuzasida joylashadi va neft mahsulotlarining bug‘lanishini kamaytiradi. Bu uglevodorodlarning yo‘qotilishini sezilarli darajada qisqartiradi va atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini kamaytiradi. Bunday texnologiya oddiy rezervuarlarga nisbatan yoqilg‘i yo‘qotilishini minimallashtirishga imkon beradi.

Shuningdek, yangi rezervuarlar zamonaviy o‘lchov asboblari va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu saqlanadigan mahsulot hajmi, harorati va holatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini yaratadi. Ushbu yangilik o‘lchamlarning yuqori aniqligini ta’minlaydi va zavodda texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda zaxiralarni boshqarishni takomillashtiradi.

Yangi rezervuarlar turli uglevodorod xomashyosi, oraliq va tovar neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, yozgi va qishki dizel yoqilg‘isi uchun hajmi 3000 m3 bo‘lgan to‘rtta, neftni saqlash uchun hajmi 10 000 m3 bo‘lgan to‘rtta rezervuar ko‘zda tutilgan. Bu, shuningdek, iste’molchilarni yil davomida, mavsumdan qat’iy nazar, turli markadagi sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi.

Farg‘ona NQIZ loyiha boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldoshali Mirzakarimov shunday dedi: “Yangi rezervuarlar turli uglevodorod xomashyolari, oraliq va tovar neft mahsulotlarini saqlash uchun qo‘llaniladi. Xususan, yozgi va qishki dizel yoqilg‘isi uchun hajmi 3 ming m3 bo‘lgan to‘rtta rezervuar, neftni saqlash uchun hajmi 10 ming m3 bo‘lgan to‘rtta rezervuar qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu, shuningdek, iste’molchilarni yil davomida, mavsumdan qat’iy nazar, turli markalardagi sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi”.

Joriy yilning kuz oyi oxirlarida 27 ta rezervuar ishga tushiriladi, qolgan to‘qqiztasi dekabr oyida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 


Нашр этиш