"SEG TASCO" kompaniyasining yangi Farg‘ona terminali ochildi

Farg‘onada "Saneg" sho‘ba korxonasi bo‘lgan "SEG TASCO" kompaniyasi yangi terminalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniya rahbariyati hamda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi vakillari ishtirok etishdi.

Yangi terminal davlatning bir qator qarorlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, hududda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida 15 milliard so‘mdan ziyod qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, bu tunu kun turfa xil benzin va dizel yoqilg‘isi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.

Zamonaviy standartlarning joriy etilishi tufayli yuklash va rasmiylashtirish jarayoni bir kundan bir soatga qisqardi.


Terminal rahbari Furqatjon Hamidov shunday dedi: "Biz kuniga 2 ming tonnagacha yoqilg‘i yetkazib bera olamiz, bu Farg‘ona vodiysi avtomobillarini, ayniqsa qish mavsumida yoqilg‘i bilan ishonchli ta’minlash uchun zamin hozirlaydi".

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш