“Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz. Biz — #TiklanishAvlodimiz”

Har yili 5-iyun kuni jahon hamjamiyati Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kunini nishonlaydi. Ushbu kun atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalariga e’tiborni qaratish maqsadini ko‘zlaydi. Ushbu muhim sana doirasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida qanday chora-tadbirlar ko‘rayotgani haqida so‘zlab bermoqchimiz.

2024-yilgi Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni “Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz. Biz — #TiklanishAvlodimiz” shiori ostida yerlarni tiklash, cho‘llanish jarayonini to‘xtatish va qurg‘oqchilikka bardoshlilikni oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Biz vaqtni orqaga qaytara olmaymiz, lekin o‘rmonlarni barpo etish, suv manbalarini tiklash va sog‘lom tuproqlarni qaytarish qo‘limizdan keladi. Biz Yer bilan murosani tiklashga qodir avlodmiz. ( https://www.un.org/ru/observances/environment-day )

“Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi atrof-muhitni muhofaza qilishga ustuvor ahamiyat qaratayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Biz tabiatga salbiy ta’sirni minimallashtirish imkonini beruvchi keng qamrovli ekologik siyosatni ishlab chiqdik va amalga oshirdik. Ushbu siyosat ekologik me’yorlarga rioya etilishini qat’iy nazorat ostiga olish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni faol joriy etishni o‘z ichiga oladi. Biz erishilgan natijalardan g‘ururlanamiz va ekologik vaziyatni yaxshilash ustida ishlashda davom etamiz”, — dedi FNQIZ direktori Zafarjon Teshabayev.

Atrof-muhitni boshqarish tizimi

Farg‘ona NQIZ korxonada 15 yildan ortiq amalda bo‘lgan va har yili mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiriladigan ISO 14001-2004 xalqaro atrof-muhitni boshqarish tizimi standarti asosida faoliyat yuritadi.

2017-yilda FNQIZ atrof-muhitni boshqarish tizimining ISO 14001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.

ISO 14001:2015 standarti talablariga muvofiq korxonada atrof-muhitni boshqarish tizimi va ISO 9001, ISO 45001, ISO 50001 kabi boshqa menejment tizimlari bo‘yicha yillik ko‘rsatkichlar belgilab olindi.

FNQIZ, shuningdek, chiqindilar va ishlab chiqarish jarayonlari uchun ekologik sertifikatlarga ega.

FNQIZning ekologik siyosati

  • FNQIZ ekologik-tahlil laboratoriyasi tomonidan kundalik sanoat atrof-muhit nazorati amalga oshiriladi: korxonaning oqava suvlari va yer osti suvlarini, shuningdek, sanitariya muhofazasi zonasi chegarasida hamda korxona perimetri bo‘ylab havo muhitini tekshirish; havo sifatini va uning belgilangan standartlarga muvofiqligini tekshirish;
  • “Yashil belbog‘” milliy dasturi asosida korxona hududi va unga yaqin hududlarda 10200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan;
  • 2021-yil 12-apreldagi 202-sonli PKM asosida Farg‘ona viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bilan kelishilgan holda korxonaning tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshiriladi;
  • Maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarining hosil bo‘lishi va harakatlanishi ustidan tizimli monitoring olib borilmoqda;
  • Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi bilan birgalikda korxonaning atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xodimlarning malakasini oshirish uchun mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
  • Korxonaning sanoat oqava suvlarini tozalash bo‘yicha quvvati 1826 m3/soat bo‘lgan yangi inshootlari ishga tushirildi. Korxonada Chexiyaning “WABAG” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi bo‘lmagan oqava suvlarni tozalash noyob tizimi qurilib, foydalanishga topshirildi;
  • Zavod mutaxassislari tomonidan tozalangan oqava suvlarni zavodning suv aylanish tizimiga qaytarish uchun liniyasi loyihalashtirildi va qurildi. Yuqori sifatli tozalash va tozalangan oqava suvlarni suv aylanish tizimiga qaytarish liniyasiga muvaffaqiyatli ulanish tufayli korxona tabiiy resurslarni asrab, ulardan oqilona foydalanmoqda va moliyaviy resurslarni sezilarli darajada tejayapti.

Ekologik loyihalar

Bugungi kunda FNQIZda keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Korxonani modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqarish siklini va atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarini yaxshilash rejalashtirilgan.

Jumladan, Prezidentning 2023-yil 31-maydagi 81-son qaroriga muvofiq, chang va gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish, sanoat chiqindilarini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini o‘rnatish rejasi tasdiqlangan.

Modernizatsiyadan so‘ng korxonada statsionar post hamda chiqindilar va oqiziqlarni nazorat qilishning avtomatik tizimi o‘rnatiladi, bu ularning atrof-muhitga ta’siriga tezkor javob qaytarish imkonini beradi. Shuningdek, 10 ga yaqin zamonaviy chang va gazni tozalash qurilmasi ham ishga tushadi. Buning natijasida Farg‘ona NQIZda atmosferaga chiqindilar va suvlarga tashlanadigan oqiziqlar sezilarli darajada kamayadi.

 

Farg‘ona NQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш