To‘lqin Yusupov: “Maqsadimiz – ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash hamda aholini sifatli va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash”

3-4-oktyabr kunlari Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov amaliy tashrif bilan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi.

Zavod ishchilari FNQIZning 9 oylik faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot, shuningdek, joriy ishlab chiqarish vazifalarini bajarish rejasini taqdim etishdi.

"Bugungi kunda Farg‘ona NQIZda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘p yillik an’ana va qadriyatlarga ega kompaniya uchun bu juda muhim onlardir. Agar hozirda qayta ishlash hajmi yiliga qariyb 1,5 million tonna xomashyoni tashkil etayotgan bo‘lsa, modernizatsiya va jalb qilingan investitsiyalar natijasida ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga oshiriladi. Bizning oldimizda O‘zbekiston aholisini ekologik toza va xavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan o‘zimizning yuqori likvidli yoqilg‘i bilan ta’minlash vazifasi turibdi”, — dedi Yusupov.

Shuningdek, tashrif davomida Saneg bosh direktori mavjud asosiy ishlab chiqarish obyektlarini, shuningdek, modernizatsiya loyihasiga kiritilgan yangi obyektlarni ko‘zdan kechirdi hamda ularga xizmat ko‘rsatayotgan muhandis-texnik xodimlar bilan suhbatlashdi.

Shunday qilib, yil oxirigacha Farg‘ona NQIZda vodorod ishlab chiqarish bloki va bug‘ qozonini ishga tushirish rejalashtirilgan. Jumladan, vodorod ishlab chiqarish blokining ishga tushirilishi mavjud dizel yoqilg‘isini gidrodesulfurizatsiyalash qurilmasida (GDS) Yevro-5 dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkonini beradi, bug‘ qozonxonasi esa o‘z bug‘ini ishlab chiqarish uchun zamin yaratadi.

Uchrashuvlarda Saneg bosh direktori ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, energiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, kadrlar salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yaratishga alohida e’tibor qaratdi.

“Hozirda Sanegning har bir biznes yo‘nalishi rivojlanishning sifat jihatidan yangi darajasiga ko‘tarilmoqda. Shu jihatdan, FNQIZda ham ishlab chiqarish, ham insoniy resuralar borasida salmoqli salohiyat to‘plangan. Faoliyatimizda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishning uyg‘unlashuvini ta’minlash biz uchun muhim ahamiyatga ega”, — dedi Yusupov.

Нашр этиш