FNQIZda bolalar uchun bayram

Har yili 1-iyun kuni butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Ushbu sana bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning har tomonlama o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish zaruriyati haqida eslatib turadi.

Farg‘ona NQIZ rahbariyati tashabbusi bilan Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorlikda ishchi-xodimlar va ularning farzandlari uchun “Arsif” dam olish maskaniga sayohat uyushtirishdi.

Bayram dasturi tanlovlar, sport musobaqalari, raqslar, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalaridan iborat bo‘ldi. Bolalar ota-onalari bilan tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazish hamda suzish mavsumini ochish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi!

Bayram so‘ngida zavod xodimlari tanlovlarning eng faol ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirishdi, barcha bolalarga shirinliklardan iborat sovg‘alar va kanselyariya buyumlari topshirildi.

“Bugun biz bolalarning yuzida tabassum uyg‘ota oldik. Bu quvonchni kattalar ham baham ko‘rishdi, – deydi direktorning umumiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Mo‘minov. – Bolalar bizning davomchilarimiz, shu bois ularning har tomonlama kamol topishiga hissa qo‘shishimiz, bilim berishimiz, ularni madaniyatimiz, tabiat va sport bilan yaqindan tanishtirishimiz zarur. Ushbu kun biz, kattalar yosh avlod uchun mas’ul ekanligimiz haqida eslatib turadi”.

 

FNQIZ matbuot xizmati

 

 

Нашр этиш