FNQIZ mehnat faxriylarini uchun Xotira va qadrlash bayrami

Bugun, 8-may Xotira va qadrlash kuni arafasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ular orasida Afg‘onistonda xizmat qilgan baynalmilal jangchilar, shuningdek, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha operatsiya ishtirokchilari ham bor. FNQIZ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rashidjon Saydaliyev zavod rahbariyati nomidan mehnat faxriylarini Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, nafaqaga chiqqan hamkasblarga korxona farovonligi yo‘lida vijdonan va ko‘p yillik qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.


Faxriylar o‘zlari ishlagan FNQIZ sexlari va inshootlarida hozirda amalga oshirilayotgan modernizatsiya loyihasi bilan tanishtirildi. Bayram munosabati bilan 75 nafar mehnat faxriylariga zavod hamkori — “Hilol” supermarketidan oziq-ovqat paketlari topshirildi.


Shuningdek, bugun kasaba uyushma qo‘mitasi zavodning uch nafar sobiq ishchisi – Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi front orti mehnatkashlarining xonadoniga ziyoratga boradi.

 

Zavod Matbuot xizmati


Нашр этиш