FNQIZda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik kuni”ni nishonladi

Har yili 28 aprel kuni butun dunyo bo'ylab ish joylarida baxtsiz hodisalar va ish joyidas jarohatlanishni oldini olishga maqsadida Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni nishonlanadi. An'anaga ko'ra, shu kuni FNQIZda tsexlar aro zavod bo'yicha viktorina o'tkazildi.


Onlayn viktorina Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo`limi hamda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘limihamkorlikda o‘tkazildi. 30 dan ortiq xodimlar testning 20 ta savoliga javob berib va amaliy sinovdan o‘tishga harakat qilib ko`rdilar, shundan 6 nafar ishtirokchi yuqori natija qayt etib g‘olib deb topildi.

“Xavfsiz va sog'lom mehnat muhiti mehnat dunyosidagi asosiy tamoyil va huquqdir. Bunday tadbirlar xodimlarga barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatadi, deydi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Tillaev Elbek. – Zavodda sanoat xavfsizligi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish talablari va me’yorlarini qat’iy buzmaslik orqali ta’minlanadi. Aytish joizki, xodimlar uchun nafaqat qulay mehnat, balki dam olishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan, chunki muntazam dam olish, xuddi ish kabi, hayot sifatining asosiy elementi hisoblanadi”.


Xodimlar o'rtasidagi tanlov natijalari quydagicha:

Ishchilar o`rtasida

1-o‘rin 9 tsexning chilangari Abduvaxob Irgashev 20 ta testni 1 daqiqa 38 soniyada aniqlab 100 ballga ega bo‘ldi. Filtrli gazniqobni ishlatish tartibini 7,46 soniyada amalda ko‘rsatib berdi.

2-o‘rin 4-tsex mahsulot operatori Xatamjon Yuldashev 20 ta testni 6 daqiqa 52 soniyada aniqlab 100 ballga ega bo‘ldi. Filtrli gazniqobni ishlatish tartibini 8,63 soniyada amalda ko‘rsatib berdi.

3-o‘rin 3-tsex mahsulot operatori Nasrulloxon Murtazayev 20 ta testni daqiqa 46 soniyada aniqlab 90 ballga ega bo‘ldi. Filtrli gazniqobni ishlatish tartibini 12,3 soniyada amalda ko‘rsatib berdi.

Muhandis texnik xodimlar o‘rtasida g‘olib bo‘lganlar

1-o‘rin 9-tsex sistemotexnik ustasi Soxibjon Qosimov 20 ta testni 1 daqiqa 15 soniyada aniqlab 100 ballga ega bo‘ldi. Filtrli gazniqobni amalda ishlatish tartibini 6,0 soniyada ko‘rsatib berdi.

2-o‘rin 15-tsex HGQO punkt komandiri Nurmuxammad Qayumov 20 ta testni 1 daqiqa 17 soniyada aniqlab 95 ballga ega bo‘ldi. Filtrli gazniqobni ishlatish tartibini 5,0 soniyada amalda ko‘rsatib berdi.

3-o‘rin 3-tsex qurilma mexanigi Abdulatif To‘lqinboyev 20 ta testni 6 daqiqa 19 soniyada aniqlab 95 ballga ega bo‘ldi. Filtrli gazniqobni ishlatish tartibini 7,74 soniyada amalda ko‘rsatib berdi.

Tanlov g‘oliblari FNQIZ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

FNQIZ matbuot xizmati


Нашр этиш